1. Ko‘k choy umuman sog‘liqqa foydali.
Agar siz choyni yaxshi ko‘rsangiz, lekin asosan oq, ko‘k yoki qandaydir turini ichsangiz, ko‘k choyga e’tibor qarating. Eng yaxshi va foydali ko‘k choy — organik choy. Uni shakar qo‘shmasdan yoki asal qo‘shib ichish mumkin. Asal qo‘shilganda, ta’mi yanada yoqimli bo‘ladi. Ko‘k choy vitamin, mineral va organizmning umumiy holatini yaxshilashga yordam beradigan antioksidantlar ko‘p. Bu ichimlik miya uchun foydali, quvvat bag‘ishlaydi, hatto saratonga qarshi kurashda yordam beradi.
2. Ko‘k choy miya faoliyatini yaxshilaydi.
Ko‘k choy tetiklashtiradi, shuningdek, bizni aqlliroq qiladi. Uning eng asosiy fazilatlaridan biri miya faoliyatini yaxshilashga yordam berishidir. Bunga tarkibida kofein borligi sabab. Miyangiz muntazam ravishda bu ichimlikni ichayotganingiz uchun sizga rahmat aytadi.
3. Ko‘k choy ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi.
Ortiqcha vazndan qutulishga mo‘ljallangan ko‘pgina qo‘shimchalarda ko‘k yoki uning hosilalari ekstrakti mavjud. Chunki ko‘k choy yog‘ni eritishga va moddalar almashinuvini yaxshilashga yordam beradi. Ko‘k choyni qanday ichishingizdan qat’i nazar, bir narsaga ishonchingiz komil bo‘lsin — bu ortiqcha vazndan qutulishning eng foydali yo‘llaridan biri.
4. Ko‘k choy antioksidantlarga boy.
Ko‘plab tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘k choydagi antioksidantlar saratonning ko‘p turlariga, jumladan, ko‘krak, prostata va yo‘g‘on ichak saratoniga qarshi kurashishga yordam beradi. Ko‘k choyning eng asosiy afzalliklaridan biri shuki, oksidlanish zarariga — saratonning eng asosiy omillaridan biriga qarshi kurashadi.
5. Ko‘k choy Parkinson yoki AlÑŒtsgeymer kasaliga chalinish xavfini kamaytiradi.
Ko‘k choy AlÑŒtsgeymer va Parkinson singari neyrodegeneratsion kasalliklarning rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Bunga miya neyronlariga yordam beradigan kuchli himoyalash xususiyatiga ega bo‘lgan katexin sababchi.
6. Ko‘k choy tishlar salomatligini yaxshilaydi.
Ko‘k choydagi katexinlar og‘izdagi streptokokk bakteriyalarini o‘ldiradi. Aynan shu bakteriyalar tishlarning chirishiga sabab bo‘ladi. Matta choylarining asosiy fazilati shundaki, grippni qo‘zg‘atadigan viruslarni o‘ldirib, antibakteriyal xususiyatlari bilan infektsiyalarning paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.
7. Ko‘k choy ikkinchi turdagi diabetga qarshi kurashadi.
Bu borada ayniqsa ko‘k yasminli choy foydali. U insulinga nisbatan sezuvchanlikni oshiradi, shuningdek, qondagi qand miqdorini kamaytiradi. Muz solingan ko‘k choy esa qondagi qand miqdori bilan birga diabetning paydo bo‘lish xavfini ham kamaytiradi.
8. Tazo ko‘k choyining foydasi.
Ko‘k choyning bu turi yurak-tomir kasalliklari, masalan, insulÑŒtning kelib chiqish xavfini kamaytirishi mumkin. U qondagi antioksidantlar miqdorini oshirib, xolesterinni kamaytirishga yordam beradi. Muntazam ravishda ko‘k choy ichadiganlar yurak kasalliklariga kamroq chalinadi.
9. Ko‘k choy semirishga qarshi.
Ko‘k choy qorin va bel sohasidagi yog‘ qatlamlari yig‘ilishiga qarshi kurashda ayniqsa yordam beradi. Albatta, hamma javobgarlikni ko‘k choyga yuklamaslik zarur, muntazam ravishda ko‘k choy iste’mol qilishdan tashqari, sport va to‘g‘ri ovqatlanishni ham unutmaslik kerak.
10. Yoshartiruvchi ta’siri.
Ko‘k choy qarish belgilari va alomatlarini kechiktiradi, bu ko‘plab tadqiqotlar davomida isbotlangan. Bunga sabab shuki, ko‘k choyda qarish jarayonini boshlaydigan erkin radikallarga qarshi kurashuvchi antioksidantlar ko‘p. Ko‘k choy hujayralarning yosharishiga yordam beradi, natijada teringiz mayinroq va jozibaliroq ko‘rinadi.