Germaniya davlat rahbari. 2005 yil noyabrida (51 yosh) Germaniya kantsleri etib saylangan. Ketma-ket olti marotaba nufuzli “Forbes” jurnali tasnifida dunyoning eng qudratli ayoli maqomiga loyiq ko‘rilgan. Bugun uning tug‘ilgan kuni.
Angela Merkel 1954 yil 17 iyulda Gamburgda dunyoga kelgan. Siyosiy faoliyatini o‘tgan asrning 80-yillarida boshlagan. Yosh olima o‘sha paytdagi Germaniya kantsleri Gelmut Kolning e’tiboriga tushadi.
Merkel uning rejalarini amalga oshirishi uchun munosib nomzod edi. Siyosat olamiga kirib kelgan nomzod ayol insonlar orasida tashviqot ishlarini olib boradi. Biroz muddatdan so‘ng Bundestag deputati etib saylanadi. Gelmut Kol uni hukumatga, ayollar va yoshlar masalalari bo‘yicha vazir etib tayinlaydi. Oradan ko‘p o‘tmay “Xristian-demokratik ittifoqi” partiyasining bosh kotibi, 2005 yil 20 sentyabrda partiya raisi etib saylanadi. Shu yilning 22 noyabrida esa birinchi ayol kantslerga aylanadi.
“Ochig‘ini ayta oladigan har bir kishi suhbatdoshiga boshqa nuqtai nazarni ham yetkaza oladi”.
“O‘z hayotini siyosatga bag‘ishlashga qaror qilgan har bir kishi pul ishlash eng muhim vazifa emasligini biladi”.
“Birorta ham tanqidni halokatli deb hisoblamang. Nemis gazetalarini ochib, u yerda men haqimda yozganlarini o‘qib ko‘ring-chi! Agar bu meni doimo xafa qilganida, lavozimimda 3 kun ham ishlamagan bo‘lardim”.
new.fikrat.uz