Quvvat beruvchi ichimliklarning asosiy xavfli jihati aniqlandi
Shifokorlar o’tkazgan tadqiqot natijalariga ko’ra, quvvat beruvchi ichimliklarni iste`mol qilish gepatit kasalligini yuzaga keltirishi mumkin. Tibbiyot sohasi xodilari BMJ Case Reports jurnalida chop etilgan maqolada, 50 yoshli erkakning o’tkir jigar faoliyati buzilishi bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida so’z yuritishgan. Bunga bemorning uch hafta mobaynida kuniga 4-5tagacha quvvat beruvchi ichimlik ichgani sabab bo’lgan.
Ma`lum bo’lishicha, bemor quvvatlantiruvchi ichimliklarni ichishni boshlaganidan keyin, uning salomatligi yomonlashgan. Ishtahasi yo’qolib, qorin sohasidagi og’riqdan aziyat chekkan. Dastlab u grippni yuqtirganini gumon qilgan, biroq, terisi sarg’ayib, peshobining tusi o’zgargach, tashvishi kuchaygan. U charchoqqa qarshi quvvat beruvchi ichimliklarni ko’p miqdorda iste`mol qilayotgan bo’lgan.
Laboratoriya tekshiruvlari jigar fermentlarida transaminazning ko’p miqdorini ko’rsatgan. Bu esa, jigarning zararlanganini bildiradi. Jigarning biopsiyasi jiddiy sariq kasalligini keltirib chiqargan. Tarkibida nikotin kislotasi ko’p bo’lgan ichimliklarni me`yoridan ortiq iste`mol qilish shunday noxush holatga olib kelgan.
Shifokorlarning so’zlariga ko’ra, quvvat beruvchi ichimliklar bozori kengayib borayotgan bir vaqtda, bu kabi ichimliklarni xush ko’ruvchilar ularning xavfidan ham ogoh bo’lishlari lozim.Ularning tarkibidagi vitaminlar va oziq moddalar, xususan niatsin kunlik tavsiya qilingan me`yordan bir necha marotaba ortiqdir. Shunday ekan, sog’lig’ingizni mablag’ingiz hisobiga boy bermang.
Manba:Kun.uz