📝qiziqarli maʼlumot
🔺Kuchli zaxarlar.
🔺Zaxar bu inson organizmida keskin salbiy oʼzgarishlar chaqiruvchi kimyoviy yoki biologik moddaga aytiladi.
📝Simob
📌bu suyuq metalni bugʼlari oʼtkir zaxarli ekanligini miloddan avvalgi paytlarda xam bilishgan. Xitoy imperatori Sin Shin Xuandi qabriga simobdan koʼl qildirgan. Kim bu daxmaga kirsa til tortmay oʼlgan. Simobli termometrlardan voz kechish vaqti keldi azizlar! (Yaxshi termometrlar boʼlsa menga yozib yuboringlar )
📝Аmatoksin
📌Qoʼziqorindan ajralib chiquvchi zaxarli modda. Bu qoʼziqorin oʼrmon qoʼriqchilari deb nom olgan. Oʼrmonga borgan sayyoxlar sirli ravishda xalok boʼlavergan. Sababi esa oq qoʼziqorin tarkibidagi amatoksin.
📝Ritsin.
📌Аntidot yoʼq zaxarlardan biri. Аntidot degani zaxarlangach antidot yuborib zaxarni parchalab yuboruvchi modda. Bu modda Kanakunjut oʼsimligida bor. Iloji boʼlsa ekmang. Eksangiz bolalardan extiyot qiling.
📝Botulotoksin.
📌Eng kuchli tasir etuvchi zaxar. Bitta probirka botulotoksin 100 ming kishini xalok qilishi mumkin. Botoks qilinganda agar kosmetolog malakali boʼlmasa ukoldan soʼng jiddiy xolatlarga tushganlar bor. Konserva va sosiska maxsulotlarida yashaydi. Bu dunyodagi eng kuchli zaxarlar uchligiga kiradi.Extiyot boʼling azizlar.