Abdulla Aripov haqida
Nima uchun mashhur?
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri. «Do‘stlik» va «Mehnat shuhrati» ordenlari sohibi. Bugun uning tug‘ilgan kuni.
Qanday mashhur bo‘lgan?
Abdulla Aripov 1961 yil 24 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan (59 yosh). 1983 yilda Aloqa elektrotexnika institutini (hozirgi TATU) tamomlagan. 1983-1992 yillarda Toshkent telefon-telegraf stantsiyasida 1-toifali muhandis sifatida faoliyat yuritgan. 1992-1993 yillarda Aloqa vazirligida bosh mutaxassis vazifasida ishlagan. 1993-95 yillarda «O‘zimpeksaloqa» tashqi savdo firmasining direktor o‘rinbosari etib tayinlanadi. 1995 yilda Aloqa vazirligining qurilish va ta’minot bo‘limi rahbari vazifasini bajaradi. 1995-96 yillar «TashAfinalAL» QXning bosh direktori, shuningdek, O‘zbekiston Aloqa vazirligining xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish bo‘limi rahbari sifatida faoliyat yuritgan. 1997-2000 yillarda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi, 2000-2001 yillarda esa O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori o‘rinbosari, 2001 yil 15 avgustdan agentlik bosh direktori lavozimiga tayinlangan. 2005-2009 yillar davomida Bosh vazir o‘rinbosari, aloqa, telekommunikatsiyalar, ijtimoiy soha, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari sifatida faoliyatini davom ettirgan. Abdulla Aripov eng uzoq muddat Bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritganini ta’kidlash mumkin. 2012 yil avgustda «MTS» aloqa operatori bilan bog‘liq mojarolar ortidan ishdan bo‘shatilib, TATU bo‘lim mudirligiga o‘tkazildi. 2016 yil 13 sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga qaytgan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari etib tayinlangan. Shavkat Mirziyoyev: «Abdulla Nigmatovichni 20 yildan buyon yaxshi bilaman, yonma-yon ishlaganmiz. Hayotda tuhmatlarga duch keldi, ammo singani yo‘q. Prezident bo‘lganimdan so‘ng Abdulla Aripovni hukumat tarkibiga qaytarib olib kelganim bejizga emas edi», degan edi. Shunday qilib 2016 yil 12 dekabrda O‘zLiDeP tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan. 14 dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlanib, hozirgacha o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Besh nafar qiz farzandi bor.
Mashhur nima deydi?

«Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bo‘layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda. Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko‘paydi. Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o‘ynamoqda».»Taklif etilayotgan ishga yarasha malaka so‘ralyaptimi? Shunga yarasha oylik bormi? Tamg‘a qo‘yish oson, undan avval do‘ppini yechib o‘ylash kerak».»Barcha organlar ishi yuzasidan tanqidiy materiallar e’lon qilinmoqda, ammo ko‘pchilik ularga munosabat bildirmay tomoshabin bo‘lib turibdi. Tanqid bor, lekin munosabat yo‘q. Demak hammasi to‘g‘ri ekan-da? Tanqiddan xulosa qilindimi yo‘qmi, bildirish kerak. Masalan kimdir chiqib intervyu bersin».

new.fikrat.uz