Parkinson kasalligi ichakda tugʼiladi
👩⚕ Parkinson kasalligi ichakda tugʼiladi.
‼️Mutaxassislar nerv tizimi kasalliklari oshqozon-ichakda tugʼiladi, deb hisoblashmoqda. Bugungi kungacha odamni bu kasallikdan qurqaruvchi preparat yaratilmagan. Аmmo olimlar uni davolash ishlari ustida izlanishmoqda.
‼️Tadqiqotlardan birida Parkinson kasalligida miyada sinkulein 🙄 oqsili toʼplanishi isbotlandi. Mazkur birlashma ichaklarda hosil boʼla boshlaydi, deyishmoqda mutaxassislar.
🕴Olimlar yana bir dalilga eʼtibor qaratishdi: Parkinsonga chalingan koʼp bemorlar xazm qilishdagi muammolardan shikoyat qilishadi. Bu ikki tizim oʼrtasida bogʼliqlik borligidan dalolat berishi mumkin.
🐒 Mutaxassislar hayvonlar ichagiga sinuklein moddasini yuborishdi. Hech qancha vaqt oʼtmay, moda hayvonlarning miyasiga, harakatlar uchun javob beruvchi sohalariga oʼtgani aniqlandi. Natijada bu hayvonlarning harakatlari cheklanib qolgan. Olimlar bu boradagi tadqiqotlarni davom ettirishmoqda.