Mutaxassislar, har bir insonning tana vazni bo‘y o‘lchamiga mos bo‘lishi kerak, deyishadi. Aynan mana shunda sog‘liq bilan muammo bo‘lmas ekan. Bu mavzu o‘zimga ham qiziq tuyulgani bois dunyo fitnes murabbiylari tomonidan foydalaniladigan 5 xil vaznni aniqlash uslubi bilan tanishtirmoqchiman. Ko‘rsatmalar bilan tanishib, aslida vazningiz qancha bo‘lishi kerakligini bilib olasiz.
KETLE indeksi
Mazkur uslub shifokorlar tomonidan keng qo‘llanilib, ortiqcha yoki normal tana tuzilishi uchun yetishmayotgan vaznni aniqlashda ishlatiladi. Qarshi ko‘rsatmalariga ko‘ra esa homiladorlar, emizikli ayollar, kichik yoshdagi bolalar va keksalarda qo‘llanilmaydi.
KETLE indeksini hisoblash quyidagicha bo‘ladi. Masalan, ayolning bo‘y o‘lchami 1,6 metr, vazni 60 kg. Buning uchun vazn ko‘rsatkichini bo‘y ko‘rsatkichi kvadratiga bo‘lish kerak bo‘ladi.
Ya’ni quyidagicha: 60:(1,60×1,60)=23,44. Demak, bu holatda indeks 23,44 ga teng bo‘ladi.
Erkaklar uchun KETLE indeksidagi me’yoriy o‘lcham 19-25, ayollarda esa 19-24 oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Jon MAKKALLUM formulasi
Vaznni o‘lchash uchun mo‘ljallangan eng samarali formulalardan biri sanalib, uslubchi Jon Makkallum tomonidan ishlab chiqilgan. Formula asosida qo‘l bilagi aylanasini o‘lchash yetadi. Shunga ko‘ra :
Albatta, bu hisob-kitoblar nisbiy yondashuv holos. Aslida esa har bir organizmning o‘zi uchun maqbul bo‘lgan vazn ko‘rsatkichi bor.
soglom.uz/tavsiya/tana-vazningizni-meyorida-ekanligini-qanday-bilish-mukmin/