Uqalash muolajasi bilan yuzlarga oro beramiz
Uqalash – kasalliklarning oldini olishning eng maqbul usuli. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, massaj inson tanasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun barcha yoshdagi kishilarga davolash va profilaktik maqsadlar uchun uqalash muolajasi buyuriladi. Ammo, ushbu muolaja tavsiya etilmaydigan holatlar ham borligini unutmaslik kerak. Ayrim holatlarda massaj nojo‘ya ta’sirlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo, yuz sohasi massaji zararli emas. Keling, uning foydalari haqida ma’lumot beramiz.
1. Yuz massaji foydali xususiyatlarga ega. Birinchidan, u terining elastikligini ta’minlaydi va ajinlarning oldini olishda as qotadi.
2. Ushbu muolaja stress (ruhiy zo‘riqish)ni va charchoqni yo‘qotadi, tinchlantiruvchi ta’sirga ega.
3. Bundan tashqari, massaj qon aylanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uqalash natijasida teri ostidagi qon aylanishi yaxshilanib bu uning holatini yaxshilanishiga sabab bo‘ladi. Tabiiyki bu teriga elastiklik baxsh etib, sog‘lom ko‘rinish beradi.
Jabborli