Pishloq qo‘shilgan ismaloqli pirog
Zarur masalliqlar: 500 gr oshirma xamir, 400 gr ismaloq, 1 dona tuxum, 100 gr qattiq pishloq, kunjut, ta’bga ko‘ra murch va tuz.
Tayyorlanishi: ismaloq mayda qilib to‘g‘rab idishga solinadi. Keyin qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq, tuxum, tuz va murch solib, aralashtiriladi. Oshirma xamir yupqa qilib yoyiladi va 10 smli tasma qilib kesiladi. So‘ng o‘rtasiga masalliq solinib, xamir chetlari yopishtirib chiqiladi. Tayyor mahsulot aylana qilib o‘ralib, kulcha shakliga keltiradi. Xamir ustiga tuxum surtib, kunjut sepiladi. Tayyor bo‘lgan masalliq 180 daraja issiqlikda 20-25 daqiqa gaz pechida pishiriladi.
soglom.uz/tavsiya/pishloq-qoshilgan-ismaloqli-pirog/