Zarur masalliqlar: 150 gr. saryog‘, 200 gr. tvorog, 250 gr. un, 100 gr. shakar, 2 dona tuxum va iste’mol sodasi.
Tayyorlanishi: sariyog‘ qirg‘ichdan o‘tkazilgach, tuxum, shakar va tvorog solib bir xil massa hosil qilinadi. Ustidan iste’mol soddasi solib, xamir qoriladi. Keyin xamir ustiga kleyonka yopib, ikki soatga muzlatgichga qo‘yiladi. So‘ng xamir 2-3 sm qalinlikda yoyilib, undan turli xil shakllarda kesib olinadi. So‘ng 200 daraja haroratda qizdirilgan pechda pechenyelar pishiriladi. Istasangiz, kesilgan shakllar ustiga shakar sepishingiz ham mumkin.