Boris Jonson haqida
Nima uchun mashhur?
Buyuk Britaniya bosh vaziri. Sochini taramasligi va ziddiyatli harakatlari bilan Buyuk Britaniya tarixidagi eng g‘ayrioddiy Bosh vazir hisoblanadi. Koronavirusga chalinib, shifoxonaga yotqizilgan yagona davlat rahbari
Qanday qilib mashhur bo‘ldi?
Katta bobosi (turk jurnalisti) Ali Kamol Usmoniylar imperiyasining oxirgi vakili Ahmad Okday hukumatida ichki ishlar vaziri bo‘lib ishlagan. Bu lavozimda u Kamol Otaturkni hibsga olishga buyruq beradi. Keyinchalik Otaturk hokimiyat tepasiga kelgach, u qatl etiladi. Shundan so‘ng, Boris Jonsonning bobosi Usmon Ali Buyuk Britaniyaga qochib, u yerda Uilfred Jonson nomini oladi. Boris Jonson 1964 yil Nyu-Yorkda tug‘iladi. Bryusselda katta bo‘ladi. Yoshligidan siyosat nimaligini bilgani sabab Malika Diananing kenja ukasi Charlz Spenser va Konservativ partiya rahbari Devid Kameronning yaqin do‘sti bo‘lib oladi. Dastlabki ish faoliyatini jurnalistika sohasida boshlab, Daily Telegraphning Bryusseldagi muxbiri, Bosh muharrir o‘rinbosari va siyosiy kuzatuvchi lavozimlarida ishlaydi. 2000 yil The Spectator jurnali Bosh muharriri bo‘ladi. 2001 yil parlament saylovlarida u Xenli okrugidan Britaniya Parlamenti a’zosi, keyinchalik esa deputat bo‘lib saylanadi. 2007 yilda esa u London merligiga o‘z nomzodini ko‘rsatadi. London merligiga saylangach, jinoyatga qarshi kurash va velosportni rivojlantirish, velosipedlar ijarasi va turargohlari masalalariga e’tibor qaratadi. 2012 yil qayta saylovlardan ham g‘alaba qozinishida shu yil shaharda Yozgi Olimpiada o‘yinlarining muvaffaqiyatli o‘tishi muhim omil bo‘ladi. 2016 yil Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqidagi referendumiga tayyorgarlik vaqtida Brekzitning faol targ‘ibotchisi bo‘lgan. Referendumda barcha uni Konservativ partiya rahbarligi va Buyuk Britaniya Bosh vazirligiga o‘z nomzodini qo‘ygan deb hisoblagan bir paytda, Boris Jonson matbuot anjumanida sherigi Adliya kotibi Maykl Gove bilan poyga o‘ynashdan voz kechishini bildiradi. 2016 yil esa Tereza Meyning yangi kabinetida tashqi ishlar vaziri etib tayinlanadi. Jonson bir necha bor o‘zining ba’zi bayonotlari bilan o‘ziga nisbatan salbiy reaktsiya uyg‘otgan. Muntazam ravishda Rossiya prezidenti Putinning ham, “ganster kleptokratsiyasi” nomli siyosiy tizimga ham xayrihoh emasligini ta’kidlagan. Tereza May Konservativ Partiya rahbarligidan iste’foga chiqqach, bu lavozimga nomzodini qo‘yadi. Uning nomzodini AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘llab-quvvatlaydi. Ovoz yig‘ish natijalariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Konservativ Partiyasining yangi rahbari etib saylanadi. Hokimiyatini mustahkamlash uchun ukasini vazir o‘rinbosari etib tayinlaydi. Yaqinda koronavirusga chalingani xabar qilingan edi. Ayni vaqtda kasallikdan tuzalgan Bosh vazir kecha yana lavozimiga qaytdi.
Mashhur nima deydi?
«Brekzitni amalga oshiramiz, do‘stlar, lekin avvaliga nonushta qilaylik».
«Mening nutqimni Arnold Shvartseneggerdan boshqa tanqid qilmagan odam qolmadi».
“Siyosatimni tortga nisbatan aytadigan bo‘lsak, men unga egalik qilishim kerak, men uni yeyishim kerak”.
new.fikrat.uz