Zarur masalliqlar: 200 gr. seld balig‘i lahmi, 2 ta o‘rtacha kattalikdagi bosh piyoz, 300 gr. marinadlangan shampinon qo‘ziqorini, 2 ta qaynatib pishirilgan sabzi va 1-2 ta kartoshka, mayonez.
Tayyorlanishi: dastlab baliq to‘rtburchak shaklida to‘g‘raladi va idishga solinib, ustidan har birining orasiga mayonez surtiladi. Keyin qo‘ziqorin va piyoz ham xuddi shu shaklda to‘g‘ralib, sariq rangga kirguncha qovurib olinadi va sovutiladi. So‘ng qovurib sovutilgan piyozning yarmi va qo‘ziqorin aralashtirilib, ikkinchi qavat hosil qilinadi. Uchinchi qavatga katta qirg‘ichdan o‘tkazilgan kartoshka va to‘rtinchi qavatga qovurilgan piyozning qolgan qismi va katta qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzi aralashtirib qo‘yiladi. Uning ustidan yana mayonez surtiladi.