Krab qalamchalari va pomidorli salat
Zarur masalliqlar: 150 gr krab qalamchalari, 1 dona pomidor, 1 bo‘lak sarimsoq, qattiq pishloq, 20 gr mayonez.
Tayyorlanishi: krab qalamchalari va pomidor somoncha shaklida to‘g‘raladi. Qattiq pishloq yirik qirg‘ichdan chiqarib olinadi. Ezilgan sarimsoq bo‘lagi qo‘shib, mayonez bilan yaxshilab aralashtiriladi.
Yoqimli ishtaha!
XurshidaBonu
soglom.uz/tavsiya/krab-qalamchalari-va-pomidorli-salat/