Nonushtaga mazali quymoq
Zarur masalliqlar: 300 ml qaynatilgan suv, 300 ml sut, ¾ stakan un, ¾ stakan kraxmal, 2 dona tuxum, yarim osh qoshig‘ida saryog‘, shuncha miqdorda shakar va yarim choy qoshiq tuz, ta’bga ko‘ra vanilin.
Tayyorlanishi: tuxum shakar bilan yaxshilab ko‘pirtiriladi. So‘ngra uning ichiga tuz hamda vanilin aralashtiriladi. Massa ko‘pirtirishda davom ettiriladi uning ustidan sut aralashtiriladi. Un va kraxmal sekin astalik bilan solinadi. Saryog‘ va qaynatilgan suv solib yana aralashtirishda davom etiladi. Atala holiga kelgan xamir 30 daqiqa dam oldiriladi. So‘ng qizdirilgan tobaga yog‘ surib yupqa holatda quymoqlar pishirib olinadi.
XurshidaBONU

soglom.uz/tavsiya/nonushtaga-mazali-quymoq/