Yogurtli krem

Zarur masalliqlar: 100 gr tabiiy yogurt, 1 osh qoshiq asal, 1 dona banan, 100 gr yog‘siz, yumshoq tvorog.

Tayyorlanishi: tozalanib olingan banan, yogurt va tvorog blenderda yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma ichiga bir osh qoshiq asal aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan tvorogli krem usti banan bo‘laklari va oq shokolad bilan bezatiladi. Yoqimli ishtaha!

Xurshida HUSENOVA

soglom.uz/tavsiya/yogurtli-krem/