Imom G‘azzoliy nasihatlari

Yo‘l va ko‘chalarda to‘planishib turmang;

Suhbatlashish uchun do‘konlarni tanlamang;

Odobsiz, tarbiyasiz va badxulq kishilar bilan tortishmang;

Fikr bildirganda: «Bu – mening qarashim», deb ayting;

Biror narsa yoki birortasini maqtaganda, oshirib yubormang;

Yig‘inlarda o‘zingizgagina aloqador ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmang;

Yaxshi gapga diqqat bilan quloq soling;

Xushbo‘y hidli narsalardan foydalanganda, me’yorni biling;

Ayrim orzular ro‘yobi uchun o‘zingizni o‘tga-cho‘qqa uravermang;

Sizga nisbatan muomala me’yorini buzganlarga ham vazmin bo‘ling;

Boylar saxovati qoshida o‘zingizni zinhor kamsitilgandek his qilmang;

So‘z berdingizmi, bajarishga qat’iylik bilan kirishing;

Faqat va faqat rost gapiring;

Har yerda maqbul so‘z ayting, chiroyli gapirishga harakat qiling;

Vujudingiz rohatini istasangiz, oz yeng va oz iching!

Tinglovchingiz bo‘lgandagina gapiring;

Bitta so‘zni qaytaraverishdan saqlaning;

Hech kimni aldamang, masxaralamang;

Sotgan narsangizni yoqtirmay, qaytarib olib kelishsa, qabul qiling;

Yolg‘on so‘zlashni tajriba qilmang va odatlanmang;

Chanqaganda, suv ichishdan oldin og‘zingizni chayqang;

Bozorda yurganda, hech kimga ozor bermang;

Egasining ruxsatini olmasdan, biroving narsasiga tegmang;

Og‘zingizda luqma bilan gapirmang;

Gapirganda qo‘l, barmoqlar bilan ortiqcha ishorat qilmang.

“Irfon” taqvimining 2011 yil, 4-sonidan olindi