Ehtiroslar va tashabbus haqida
Ehtiros yordamisiz tarixda biron-bir muazzam qadam bosilmagan, ehtiros ma’naviy kuchlarni chandon oshirib, arboblarning aqliy qobiliyatini charxlaydi, ehtirosning o‘zi buyuk taraqqiyparvar kuchdir.
V. G. PLEXANOV
G‘ayrat belgilangan maqsadga muhabbat kuchidir.
P. A. PAVLENKO
Tuganmas huzur-halovat — mehnatda.
U. BLEYK
Faqat tetik qaynoq shijoatdan, ona yurtga otashin muhabbatdan, jasurlik va g‘ayratdangina g‘alaba tug‘iladi. Gap unda-bunda ko‘rsatib qo‘yiladigan shijoatda ham emas, balki bor kuchlarni qat’iyat bilan safarbar qilishdadir, tog‘larni ham asta-sekin va to‘xtovsiz qo‘zg‘atadigan, noma’lum teranliklarni ochadigan va ularni quyosh tiniqligiga olib chiqadigan doimiy jo‘shib yonish haqida gap boryapti.
M. V. LOMONOSOV
Dunyodagi hech bir ulug‘ ish ehtirossiz sodir bo‘lmaydi.
G. GEGEL
Hech qachon hech qanday ulug‘ ish g‘ayratsiz yuzaga chiqmagan.
R. EMERSON
Ehtiros ko‘p narsaga qodir. U insonda mislsiz g‘ayriinsoniy qudrat uyg‘ota oladi. U o‘zining sira bo‘shashmaydigan tazyiqi bilan hatto eng bosiq qalblardan ham aql bovar qilmas darajadagi kuch-qudratni tortib oladi.
S. SVEYG
Kuchli ehtiroslarga oshno bo‘ling, ularni o‘stirib, ular bilan o‘zingiz ham unib-o‘sing. Keyinroq shu ehtiroslaringizni o‘zingizga bo‘ysundirganingizdan so‘ng ehtiroslaringizning kuchi sizning kuchingizga, ulug‘vorligi — sizning husnu savlatingizga aylanadi. Ehtiroslar insonning ma’naviy boyligidir.
A. FRANS
Ehtirosni xavfli deb, insonni undan mahrum qilmoqchi bo‘lgan odam miyaga qon quyilishiga sababchi bo‘ladi deb insondan uning butun qonini chiqarib olishni o‘ylagan nodonni eslatadi.
F. VOLTER
Qachon qarasa ehtiroslarni qoralashadi, odamzodga xos barcha baxtsizliklarni ehtirosdan ko‘rishadi, lekin ayni paytda ehtiroslar barcha shodliklarimizning manbai ekanligini esa unutib qo‘yadilar.
D. DIDRO
Ehtiroslar yelkanlarni ishga soluvchi shamollardir, ba’zan kemalarni g‘arq qiladilaru, ammo shamolsiz suzish mumkin emas. Inson ehtiroslardan begona bo‘lmasligi, lekin ularni boshqarib borishi kerak.
JAN POL
Ehiroslarni o‘rinli va o‘rinsizga bo‘lib, birinchisiga mukkadan ketgancha, ikkinchisidan o‘zini olib qochuvchilar haq emaslar. Inson mahkam tursa, hamma ehtiroslar yaxshi, ehtiroslarga qul bo‘lsa, unda hammasi yomon.
J. J. RUSSO
Ehtiroslar bizni adashtiradi, chunki ular butun diqqatimizni ko‘z o‘ngimizdagi narsaning bir tomoniga qaratadi-yu, uni har tomonlama tadqiq qilishimizga yo‘l qo‘ymaydi.
K. GELVESIY
Istak — fikrning otasi.
V. ShEKSPIR
Aqlning eng katta g‘alabalari, ehtimol, ehtiroslar tufayli ro‘yobga chiqqandir.
L. VOVENARG
Ehtiroslar osoyishtalik dushmanidir, lekin ehtiroslarsiz na san’at, na ilm-fan ravnaq topadi va har kim o‘z isqirtliklari ichida dumalab, mudrab yotgan bo‘lar edi.
A. FRANS
Ehtiros undovi aql undoviga qaraganda dadilroq ekan, demak, o‘sha istakni amalga oshirishda ehtiros aqlga qaraganda ko‘proq kuch ham beradi.
L. VOVENARG
Donolik ehtirossizlikda emas, balki ehtiroslarni boshqara bilishdadir.
G. ShOU
Har qanday ehtiros hamisha mubolag‘a bilan yashaydi, aks holda u ehtiros bo‘lmas edi.
N. ShAMFOR
Ehtirosni tizginla, aks holda u seni tizginlaydi.
EPIKTET
O‘zini ehtirosdan butunlay tiyadigan odam emas, balki undan kema yoki arg‘umoqdan foydalangandek, ya’ni uni kerakli va foydali tomonga bura olgan kishigina ehtiros ustidan hokimlik qila oladi.
ARASTU
Ehtiroslar odatiy tusga aylansa, illatga yoki odatga qarshilik ko‘rsatsa — ezgulikka, aylanadi. Ehtiros hayot sururi va bezagidir, lekin qalbda iroda
bo‘lmasa ehtirosdan ne foyda.
V. G. BELINSKIY
Kuchli ehtiroslar tagida ko‘pincha bo‘sh iroda yashiringan bo‘ladi.
V. O. KLYuChEVSKIY
Ehtirosga ixtiyorni berish — oqillarning ishi emas.
QOBUS
Oqil odam ehtiros bilan kurashadi, tentak esa uning quliga aylanadi.
EPIKTET
ziyouz.uz