Baqlajonli pirog

Kerakli masalliqlar: 1 dona baqlajon, 1 dona xamir qatlamasi, 80 gramm sariyog‘, 150 gramm shakar, 1/8 choy qoshiq tuz, 2/1 choy qoshiq garmdori.

Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa

Tayyorlanishi:

  1. Xamir qatlamasini pishirish uchun mos shaklda yoyiladi va sovutkichga qo‘yiladi.
  2. Baqlajonning po‘sti tozalanadi.
  3. Baqlajonni qayroqcha shaklida bo‘laklarga ajratiladi.
  4. Sariyog‘ tovaga solinib, ustidan shakar, tuz va garmdori solinadi.
  5. Baqlajon bo‘laklarini tovaga bir qavat qilib joylashtiriladi.
  6. Baqlajonni 20 daqiqa o‘rtacha olovda karamel holatiga kelguncha pishiriladi.
  7. Tovani 220 gradus issiqlikda, 20 daqiqaga duxovkaga qo‘yiladi.
  8. Baqlajon ustiga xamir yopilib, yana 25 daqiqa 200 S° issiqlikda tillarang tusga kirguncha pishiriladi.
  9. Pirog duxovkadan olinib, 5–10 daqiqa sovutiladi va dasturxonga tortiladi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/baqlajonli-pirog/