Banan va tvorogli rulet

Zarur masalliqlar: 5 osh qoshiq suli yormasi, 300 gr. yog‘siz tvorog, 2 dona uncha yirik bo‘lmagan banan, 1 dona tuxum.

Tayyorlanishi: tvorog, suli yormasi va tuxum aralashtirilib, qo‘lga yopishadigan xamir qoriladi. So‘ng xamir ikkiga bo‘linib, yupqaroq shaklda yoyiladi. Keyin ichiga banan solib, rulet ko‘rinishida o‘raladi. Bu jarayonda ruletning ikki tomonini tugib qo‘yish yodingizdan ko‘tarilmasin.

Tovaga pergament qog‘oz yoyilib, ustidan ruletlar joylashtiriladi va 180 daraja qizdirilgan pechda 20-30 daqiqa davomida pishirib olinadi.

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/banan-va-tvorogli-rulet/