Zarur mahsulotlar: 150 gr. tovuq go‘shti, 2 dona pomidor, 2 dona bodring, 100 gr. pishloq, 2 dona kartoshka, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, tuz, mayonez, o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi: kartoshkani qirg‘ichdan chiqarib, kraxmali ketishi uchun muzdek suvga 5 daqiqaga solib qo‘yiladi. So‘ng kartoshkalarni quruq salfetka ustiga qo‘yib, suvi silqitib olinadi. Keyin o‘simlik yog‘ida tilla rangga kirgunga qadar qovurib olinadi.
Alohida idishda tovuq go‘shtini pishirib, somoncha shaklida, pomidorni esa kichik to‘rtburchak shaklida to‘g‘rab olinadi.
Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqqa mayda qilib to‘g‘ralgan sarimsoqpiyoz qo‘shib aralashtiriladi. Idish ichiga yelim xalta solib, ustidan pomidor, mayonez, tovuq go‘shti, bodring, uning ustidan pishloq solinadi. So‘ng 10 daqiqaga sovutkichga qo‘yiladi.
Sovutkichdan olingan salat katta likopchaga ag‘dariladi. Dasturxonga tortishdan avval uni qovurilgan kartoshkalar bilan bezatishingiz mumkin.
Ushbu ajoyib salat yaqinlaringizga quvonch ulashishi shubhasiz.
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/chumoli-salati/