Ajoyib ta’mli taom

Ushbu ajoyib taom saxarlik dasturxoniga yana ham ko‘rk berib, sizga manzur bo‘ladi dib o‘ylayman.

Zarur mahsulotlar: 0,5 kg. go‘sht, 900 gr. kartoshka, 2 dona piyoz, 1 dona sabzi, 350 ml. sut, 1 osh qoshiq un, ta’bga ko‘ra tuz, murch, o‘simlik yog‘i kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: go‘sht va kartoshka katta to‘rtburchak shaklda piyoz va sabzi esa mayda somoncha shaklda to‘g‘raladi. qizib targan yog‘ga go‘sht solib qizartirib qovuriladi. So‘ngra kartoshka, sabzi, piyoz, un va ziravorlar solib qovurishda davom etiladi. 6-7 daqiqa davomida qovurilgach sut solib qizigan gaz pechiga 190 daraja haroratda 30 daqiqaga qo‘yiladi. Taom pishgach ko‘katlar bilan bezatib dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/ajoyib-tamli-taom/