Shokoladli pirog
Zarur mahsulotlar: 250 gr. sariyog‘, 250 gr. shakar, 100 gr. qora shokolad, 3 dona tuxum, 3 dona banan, 300 gr. un, 20 gr. razrixlitel, soda, vanilin.
Tayyorlanishi: idishga sariyog‘, shakar, shokolad va vanilin solib eriguncha aralashtirib turiladi. Massa sovugach bitta tuxum chaqilib aralashtiriladi. So‘ngra un, soda va razrixitel solib bir xil massa hosil bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. Bananlarni archib pyure xolatiga keltirilib massaga qo‘shiladi. Gaz listiga pishiriq uchun ishlatiladigan maxsus qog‘oz solinadi. Uning ustidan tayyor bo‘lgan massani solib qizigan duxovkaga 180 daraja 35-40 daqiqaga qo‘yiladi.
Tayyor bo‘lgan shirinlikni dasturxonga tortishdan avval shakar kukuni bilan bezatiladi. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/shokoladli-pirog-2/