Zarur mahsulotlar: 1 dona karam, 100 gr. guruch, 1 dona sabzi, 1 dona piyoz, 2 dona sarimsoqpiyoz, 250 gr. pamidor qaylasi, ko‘katlar, o‘simlik yog‘i, ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar.
Tayyorlanishi: karamni barglarni ajratib olib issiq suvga 3-5 daqiqa davomida dimlaniladi. Aloxida idishda guruch pishirib olinadi.
Tovadagi yog‘da piyoz qizartirib qovuriladi. So‘ngra qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi sol 1-2 daqiqaga dimlanadi.
Guruch ko‘katlar, sarimsoqpiyoz, sabzili massa va ziravorlar solib qiyma tayyorlanadi. Karam bargiga qiyma solinib konvert shakilda o‘raladi. Jarayon xudi shu tartibda davom etiladi. Tovaga yog‘ solib do‘lmalar terib chiqiladi. Ustidan pamidor qaylasi solib 30-35 daqiqaga dimlanadi. Tayyor bo‘lgan do‘lmalarni likopchaga solib ko‘katlar bilan bezatib dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/sousli-dolmalar/