Sutli keks

Zarur mahsulotlar: 250 gr. un, 200 ml. sut, 200 gr. sariyog‘, 80 gr. shakar, 1 ta tuxum, 0,5 banka quyiltirilgan sut, tuz, vanilin va ko‘pchirgich (razri’xlitel) kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: idishga tuxum, tuz, vanilin va sariyog‘ solib aralashtiriladi. So‘ngra massaga sut, un, ko‘pirtirgich qo‘shib bir xil massa hosil bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. Keks qoliplariga xamirdan bir osh qoshiqda solib ustidan bir choy qoishqda quyiltirilgan sut uning ustidan xamir solinadi. Qizigan gaz pechiga 180 darajada 30 daqiqaga qo‘yiladi. Shirinlik pishgandan so‘ng ustini shakar kukuni bilan bezatishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

 

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/sutli-keks/