Olxo‘ri qoqisining 10 foydali xususiyati
Yangi uzib olingan olxo‘ri mevasiga qaraganda, uning meva qoqisi o‘zida juda ko‘p foydali xususiyatlarni saqlaydi. Quritilgan mevalar ichida olxo‘ri qoqisi o‘zining munosib o‘rniga ega.
- Uning tarkibi eriydigan (zararli xolesterinlarni “eritadigan”) va erimaydigan (ichaklar faoliyatini yaxshilaydigan) to‘qima (kletchatka)larga boy.
- Mazkur meva qoqisi tish emalining zararlanishdan asraydi, uni mustahkamlab kariyesdan himoyalaydi.
- Olxo‘ri qoqisi o‘zida antibakterial xususiyatlarni jamlagan.
- U organizm faoliyatini yaxshilaydi. Natijada esa bu insonning ishga bo‘lgan layoqatini ortishiga sabab bo‘ladi.
- Ushbu meva qoqisi organizmdagi kislota-ishqor muvozanatini bir me’yorda saqlashga ko‘maklashadi.
- U ichki a’zolar faoliyatini yoshartirish va sog‘lomlashtirish xususiyatiga ega.
- Olxo‘ri qoqisi o‘zida ajoyib tozalash xususiyatini jamlagan (u qabziyat bilan kurashib, organizmdan xiltlarni haydash xususiyatiga ega).
- U yuz rangini go‘zallashtiradi.
- Mazkur meva qoqisi avitaminoz va kamqonlikda yaqindan yordam beradi.
- U xavfli o‘sma kasalliklariga qarshi kurashadi.
Xurshida Husenova
soglom.uz/tavsiya/olxori-qoqisining-10-foydali-xususiyati/