Soch o‘sishi uchun qay turdagi vitaminlar kerak bo‘ladi? Uning mustahkam va uzun bo‘lishida qaysi vitaminlar muhim rol o‘ynaydi? Bu savollar ko‘pchilikni qiziqtiradi. Biz esa bular bilan SIZni tanishtiramiz.
A vitamini
V guruhiga kiruvchi barcha turdagi vitaminlar
Ye vitamini
D vitamini
S vitamini
Mazkur vitaminlar sochlarning o‘sishi, ularning mustahkam va jilokor bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Ularning har biri bilan kengroq tanishtirib o‘tamiz:
V1 vitamini (tiamin). Sochni mustahkamlaydi, rangini yorqinlashtiradi.
V2 vitamini (riboflavin). Sochning quruqlashishi va sinuvchanligini oldini oladi.
V3 vitamini (nikotin kislotasi). Xira tortgan sochlarga jilo beradi.
V6 vitamini (piridoksin). Soch to‘kilishini oldini oladi, soch o‘sishini faollashtiradi.
V7 vitamini (biotin). Soch sog‘lomligini ta’minlashda ishtirok etadli.
V9 vitamini (foli kislotasi). Soch o‘sishini faollashtirib, uning tuzilishini mustahkamlaydi hamda tiklaydi.
V10 vitamini. Sochto‘kilishini to‘xtatadi, chiroyli jilo beradi, erta to‘kilishini oldini oladi.
V12 vitamini (sianokobalamin). Soch to‘kilishini to‘xtatadi, uni o‘sishiga ko‘mak beradi.
A vitamini (retinol). Sochni mustahkamlaydi, to‘kilishini oldini oladi.
Ye vitamini. Soch ildizini to‘yintiradi, ularni ipakdek jilokor qiladi.
S vitamini (askorbin kislotasi). Qon aylanishini yaxshilaydi, soch o‘sishini tezlashtiradi va uni mustahkam qiladi.
D vitamini (kalsiferol). Soch ildizi va bosh terisiga singib soch o‘sishini rag‘batlantiradi, uni jilolantiradi.
Xurshida HUSENOVA
soglom.uz/tavsiya/jilolanuvchi-uzun-va-mustahkam-sochlar-siri/