Qizil piyozni nima sababdan ovqat ratsioniga kiritish kerak?
Piyoz saraton xavfini oldini oladi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda oltingugurt moddasi bor, u saraton, yara kasalliklarini oldini olishda muhim sanaladi.
Piyoz diabetda ham foydali. Xom piyoz insulin moddasi ishlab chiqarilishini faollshtiradi, agar siz diabetdan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz albatta piyoz iste’mol qiling.
Ichaklar mikroflorasini faoliyatini tiklaydi. Tomoq og‘rig‘ida shifo beradi. Xalq tabobatida piyoz sharbati O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar)da ham yaxshi samara beradi.
U burun qonashiga qarshi yaxshi ko‘makchi. Yurak salomatligini mustahkamlaydi.
Qizil piyoz ishemik kasalliklarda va qon bosimini me’yorlashtirishda yaxshi samara beradi. Qondagi xolesterin moddasini nazorat qiladi.