Zarur mahsulotlar: 200 gr. tovuq go‘shti, 3 dona tuxum, 80 gr. pishloq, 40 gr. yong‘oq, zaytun, smetana, ta’bga ko‘ra tuz kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: tovuq go‘shti va tuxum suvda pishirib olinadi. So‘ng ular somoncha shaklida to‘g‘raladi. Pishloq va yong‘oq qirg‘ichdan chiqariladi. Keyin har bir mahsulot ketma-ketlik bilan likopchaga solinadi: go‘sht, yong‘oq, pishloq, tuxum va smetana. Bezak uchun pishloq va zaytundan foydalaniladi.