Yong‘oq va mayizli pishiriq

Kerakli mahsulotlar: 300 gr. margarin yoki saryog‘, 5 dona tuxum, 2 piyola shakar, 2 piyola yong‘oq, 2 piyola mayiz, 1 choy qoshiq iste’mol sodasi, 1 dona tuxum sarig‘i, 3 piyola un.

Tayyorlanishi: dastavval yong‘oq va mayiz qiymalagichdan o‘tkazib olinadi. So‘ngra 3 piyola un bilan qirg‘ichdan chiqarilgan margarin uqalab olinadi va ustiga iste’mol sodasi, tuxum va shakar solib, yaxshilab aralashtiriladi. Shirinliklarga barmoq uchlarini ozgina unlagan holda yong‘oq kattaligida shakl beriladi.

Shirinlikni 180 daraja qizdirilgan pechga joylashdan avval, uning ustiga tuxum sarig‘i suriladi. Sovutib olingach, shirinliklarni iste’mol qilish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/yongoq-va-mayizli-pishiriq/