No‘xatli taom

Zarur mahsulotlar: 2 stakan no‘xat, ko‘katlar, 2 ta piyoz, 2 bo‘lak non, 2 osh qoshiq xamir ko‘pirtirgich (razrixlitel), tuz, murch, ziravorlar, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: Ivitilgan no‘xat, non, ko‘katlar, ziravorlarni solib go‘shtqiymalagichdan ikki marta o‘tkazilib, blenderda maydalab olinadi. Tayyor bo‘lgan aralashmadan yong‘oqdek koptokcha shaklga keltiriladi. Qizidirilgan yog‘da qovurib olinadi. Yoqimli ishtaha!

BEGOYIM tayyorladi

soglom.uz