BISKVITLI PECHENYE
Zarur mahsulotlar: 4 stakan maydalangan yong‘oq, 10 osh qoshiqda saryog‘, 2 stakan qand upasi, 1 dona tuxum sarig‘i, 2 stakan un, ta’bga ko‘ra vanilin, tuz va iste’mol sodasi kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: gaz patnisi ustiga folga qog‘ozi qo‘yib, keyin unga chaqilgan yong‘oqni solib, 175 darajali haroratda 5-6 daqiqa qizdirib olamiz. Uy haroratida erigan saryog‘ga shakar, vanilin va ozgina tuz solib, mikser yordamida aralashtiramiz. Ushbu aralashmaga un asta-sekinlik bilan solib boriladi. Tayyor masalliqqa qizdirilgan yong‘oq maydalab solinadi. Yarim tayyor masalliqni folga qog‘ozi ustiga 4 sm. qalinlikda yoyib, keyin uni 1 soat muzlatgichga qo‘yamiz. Folga qog‘oziga jigarrang shakar sepib, xamirni bir tekisda yoyib chiqib, so‘ngra uni rulet shaklida o‘raymiz. Keyin ruletga tuxum sarig‘ini surtamiz. Va uni 2 sm. qalinlikda kesib, gaz patnisiga folga qog‘ozini solib, ruletlarni terib chiqamiz. Pechenyelarni qizigan gaz pechida 160 haroratda 15 daqiqada pishirib olamiz.
BEGOYIM tayyorladi
soglom.uz/tavsiya/biskvitli-pechene/