Kerakli masalliqlar:
1. Un — 1 kg.
2. Omuhta yog’i — 1 piyola
3. Sho’r suv — 1 kosa
Tayyorlanishi:
Un o’rtasi ochilib, yog’ solinadi. So’ngra kosadagi sho’r suv solinib, hamir qoriladi. Hamir bo’laklarga bo’linib, zuvala xolida tindiriladi.
Tingan zuvalalarni uzun tesma xoliga keltirib, bir barmoq qalinligida kesib chiqiladi.
Kesilgan bo’lakchalarni uzunasiga qirg’ichga qo’yib, ko’rsatkich barmoq yordamida shakl beriladi.
So’ng, bo’g’irsoqchalar yog’da, o’rta olovda qizargunicha pishiriladi.
Yoqimli ishtaxa!