Android’da sensor (tachskrin)ni kalibrlash
Kalibrovka, kalibrlash – biror qurilma (yoki uning biror qismi) o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarmay qolganida uni sozlash, aniqligini to‘g‘rilash, demakdir.
Android tizimli smartfon yoki planshetlarning sensor qismi ba’zan kalibrlashga muhtoj bo‘lib qoladi – barmoq yoki stilus bilan teginish buyruqlarini yaxshi qabul qilmaydi. Ba’zi hollarda esa sensor ekranning bitta joyidagi tugmachaga tegilganida, aynan o‘sha yerdagi emas, balki yonidagi (ustidagi, ostidagi) tugmacha bosiladi. Bu kabi holatlar qurilmangiz bir necha marta qo‘lingizdan tushib ketganida, suv tekkanida va boshqa sabablarga ko‘ra yuzaga keladi.
Demak, shunda quyidagi tavsiyalar qo‘l kelishi aniq.
Operatsion tizimning o‘zidagi vositalar orqali kalibrlash
-
Qurilmaning «Nastroyki» menyusidan «Nastroyki telefona» bandiga kirasiz va «Kalibrovka»ni tanlaysiz.
-
Ekraningizda krestcha (“+” shakli) paydo bo‘ladi, uning markazida nuqta joylashgan. Shu nuqtaga bir necha marta bosasiz.
-
Shundan so‘ng qurilma teginishni eslab qoladi va kalibrovka yakuniga yetgan hisoblanadi. Sozlamalardan chiqib, bemalol foydalanaverishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ilovalar yordamida kalibrlash
-
Google Play do‘konidan Toushssreen Salibration yoki shunga o‘xshash funksiyali istalgan bir ilovani yuklab olasiz.
-
Undagi yo‘riqnomalarga ko‘ra kalibrovka qilasiz.
Eslatma: Agar ekranni kalibrlashda yuqoridagi usullar yordam bermasa, unda qurilmangizni servis markaziga olib borganingiz ma’qul.