Bir ko’rishda sevib qolish mumkinmi?
Odamlar hozirgacha bir boqishda muhabbat paydo bo‘lishiga ishonishadi. Balki ular haqdir, oddiy nigoh yoki imo-ishora insonga bir marta va umrbod sevib qolishiga turtki berishini kim ham aniq ayta olardi, deysiz.
Biz barchamiz sevgi bo‘lishini istaymiz, shu sababli muhabbat bilan oddiy yoqtirishni osonlikcha chalkashtiramiz. Kelishgan inson bilan tanishdingiz, u sizga yoqib qoldi va uchrashishni boshladingiz, asta-sekin unga nisbatan oshiqlik va yoqtirish hissini tuya boshlaysiz.
Kimdir bunday his-tuyg‘uni bir qarashda sevgi deb ataydi. Hayotimizda tanishlarimizga o‘xshamagan begona odamni uchratgach uni yaqindan bilish va tushunish uchun u bilan vaqtni qiziqarli, quvnoq, xushkayfiyatda o‘tkazishga harakat qilamiz. Bunday munosabat odatga aylanadi, u yonimizda bo‘lmasa, sog‘inishni boshlaymiz. Natijada bir necha kun uchrashgan, yaxshi tanimagan insonni sevib qolamiz. Bizni yangi hayajonlar, qayg‘urish, his-tuyg‘ular qoplaydi, dunyoimiz yanada yorug‘ va rangin bo‘ladi, go‘yo yangitdan yashashni boshlaymiz.
Qiziq, bu shunchaki ko‘ngil qo‘yishmi yoki zerikishga qarshi malhammi? Siz shunga amin bo‘lasiz. Balki o‘tkinchi tuyg‘umikin? Sevgimi yoki faqat oshiqlikmi, u tezda o‘tib ketadimi? Sizga hech kim kafolat bermaydi. U siz uchun kim ekanligini aniqlab olgachgina bunga tushunib yetasiz. Mazkur savolga javob berishda shoshilish, qolaversa sizga nisbatan kuchli yaqinlikni, mehrni his qilayotgan insonga do‘stlikni taklif qilish kerak emas. O‘zingiz nimani his qilayotganingizni tushungach, do‘st bo‘lib qolish yoki haqiqiy sevgini tanlash bo‘yicha kerakli qarorni qabul qilishingiz kerak. Munosabatlaringizni do‘stona ruhda qurish osonroq, lekin kuchliroq his-tuyg‘ular paydo bo‘lsa bu biroz murakkabroq masala.
Savol, nimaga aksariyat odamlar “sevaman” so‘zini aytishga qo‘rqishadi? Gap munosabatlarning boshlang‘ich bosqichi haqida ketmoqda, tanishuvdan bir necha kun o‘tgach, siz butun dunyoga sevgingiz haqida jar solgingiz keladi, asosiysi unga bu haqda aytishdan qo‘rqmaysiz. Javobga kelganda, muhabbatingiz sababchisi bo‘lgan inson bu kabi tan olishga shoshilmaydi. Xo‘sh bundan keyinchi? Hammasi tugaydimi? Albatta, yo‘q, shoshilmang, esda tuting, axir sizga jiddiy munosabatlar kerak, yengil ishva qiziq emas, duch kelgan inson bilan yashash ham sizning tanlovingiz emas. Sevgi kamdan-kam holatda tartibsiz bo‘ladi, qoidaga ko‘ra, odamlar (ayniqsa erkaklar) sherigini uzoq ko‘z ostiga olib yurishadi, o‘rganishadi, tahlil qilishadi, qanchadir vaqt o‘tgandan so‘ng qizning o‘ziga va tuyg‘ulariga ishongach, sevgiga iqror bo‘lishadi.
Shuning uchun tanishuvdan bir necha kun o‘tgach, agar siz kuchli tuyg‘ularni his qilayotgan bo‘lsangiz va uni sevishingizga va aynan shu inson bilan oila qurishga ishonsangiz ham, bunga iqror bo‘lishga shoshilmang, sababi tanlagan mahbubangizni qo‘rqitib yuborish ehtimoli bor. Balki siz haddan tashqari yengiltak yoki o‘zgaruvchan beqarordirsiz, sizning bunday tezkor oshiqligingiz tezda o‘tib ketishi mumkin. Sizga nisbatan tuyg‘ularini aniqlab olishi uchun unga vaqt berishingiz kerak. Agar siz tuyg‘ularingizga ishonsangiz, oshiqligingiz yo‘qolib, barchasi tugashidan qo‘rqishingizga hojat yo‘q. Bir qarashda muhabbat bo‘lishi mumkin, lekin u uzoq va abadiy davom etishi… aynan tekshirilgan tuyg‘ular sizga ko‘p yillar sevgingizni asrashga yordam beradi.
Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus