Mehnat haqida
Ishchi mehnati, dehqon g‘allasi — shu ikki o‘q atrofida tezkor davr shitob bilan oqib bormoqda va butun hayot shu o‘qlar atrofida aylanmoqda.
V. V. MAYaKOVSKIY
Jamiyatning butun boyligi beistisno o‘sha jamiyat mehnati bilan belgilanadi.
D. I. PISAREV
Ozod mehnat — dunyoni to‘ntarish uchun Arximed talab qilgan tayanch nuqtasi ham shu.
M. GORKIY
Butun umrim davomida mehnatsevar va ishlashni bilgan odamlarnigina chinakam qahramon, deb bilganman.
M. GORKIY
Mehnat bizning zamonda buyuk huquq va buyuk burchdir.
V. GYuGO
Madaniyat yuksakligi doimo to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnatga muhabbat bilan bog‘liqdir.
M. GORKIY
Madaniyat qanchalik yuksak bo‘lsa, mehnat shunchalik yuksak qadrlanadi.
V. ROShER
Mehnat hamisha inson hayoti va madaniyatining asosi bo‘lgan.
A. S. MAKARENKO
Hamma narsa mehnat sharofatidandir. Hamma narsa — inson mehnatidan, tarixning shiori shu.
D. I. MENDELEEV
Hayotda hech narsa mashaqqatli mehnatsiz qo‘lga kiritilmaydi.
GORASIY
Biz yashayotgan dunyo so‘z bilan emas, balki faoliyat, mehnat bilan yaralgan.
M. GORKIY
Vijdonan bajarilgan harqanday mehnat foydalidir, binobarin, u hurmatga loyiq.
STENDAL
Har qanday mehnat olijanoblikdir va faqat mehnatgina olijanob.
T. KARLEYL
Har bir odam nimadir bajarmoq uchun dunyoga keladi. Yer yuzida yashab yurgan har bir insonning hayotda o‘z vazifasi bor.
E. XEMINGUEY
Qilayotgan ishingni sevishing kerak, ana shunda mehnat — hatto eng og‘ir mehnat ham — ijodga aylanadi.
M. GORKIY
Dildan mehnat qilgan odam har qanday ishni ham san’at darajasiga ko‘taradi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Jismoniy mehnat nafaqat aqliy faoliyat imkoniyatini inkor etadi, nafaqat uning qadrini oshiribgina qoladi, aksincha, aqliy mehnatni kuchaytiradi.
L. N. TOLSTOY
Zo‘r berib mehnat qilinmasa, na iste’dod va na daho tug‘iladi.
D. I. MENDELEEV
Ulug‘ kishilarni mehnat yetiltiradi.
SENEKA
Shon-sharafga olib boradigan yo‘l mehnatda.
PUBLILIY SIR
Shon-sharaf mehnatning qo‘lida.
LEONARDO DA VINChI
Mehnatdan, kollektiv, ahil, ozod mehnatdan bo‘lak har qanday kuch ham insonni bu qadar buyuk va dono qilolmaydi.
M. GORKIY
Birgalikda qilingan mehnat kishilarda shunchalik g‘ayratshijoat uyg‘otadiki, yakka holda kamdan-kam bunday samaraga erishish mumkin.
R. EMERSON
Odamzodning irodasi, mehnati, hayratomuz ajoyibot yaratur!
N. A. NEKRASOV
Doimiy mehnat san’atning ham, hayotning ham qonunidir.
O.BALZAK
Inson tabiatida chuqur ildiz otgan ehtiyojlardan biri — ko‘ngil istagan ishni tanlash va uni rang-barang qilishga intilishdir.
A. BEBEL
Mehnat miya va mushaklar faoliyatidir, u tabiiy, ichki ehtiyojdan kelib chiqadi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Mehnatga ko‘nikkandan keyin usiz yashab bo‘lmaydi. Bu dunyoda hamma narsa mehnat bilan bog‘liq.
L. PASTER
Kimgaki ish bo‘ldi qanoat fani, bilki, ani qildi qanoat g‘aniy.
A. NAVOIY
Inson mohiyati hammadan ko‘ra yaxshiroq, hammadan olijanobroq va mukammalroq tarzda uning faoliyati, uning mehnati va ijodida namoyon bo‘ladi.
A. FADEEV
Namaiki mehnatsiz, o‘ng‘ay orttirilgan bo‘lsa, u harqalay shubha qilishga arziydigan omonat boylikdir.
L. M. LEONOV
Faoliyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘nikma va u orqali qo‘lga kiritilgan ishlash qobiliyati buyuk yutuqdir. Qiladigan ishi bo‘lmagan vaqtida ham qo‘l qovushtirib o‘tirmagan odam payti kelishi bilan faol harakat qila oladi.
V. G. BELINSKIY
Mehnatsevarlik kundalik hayotiy yumushlarda har qanday buyuk aql egasi qila oladigan va shu bilan birga u qila olmaydigan ko‘pgina ishlarga ham qodirdir.
G. BIShER
Ishchining jismoniy g‘ayrati mo‘jizalar yaratishga qodir.
M. GORKIY
Hech bir millat toki yer haydash ham — doston yozishdek munosib ish ekanligini tushunib yetmas ekan, u yuksaklikka ko‘tarilolmaydi.
B. VAShINGTON
Oyog‘ida tik turgan dehqon tiz cho‘kkan oliftadan ming bora afzal.
B. FRANKLIN
Birdan-bir chinakam davlat inson mehnatidir.
A. FRANS
Mehnat chinakam olijanoblikning yagona unvonidir!
R. ROLLAN
Inson mehnat yordamida kamol topadi.
T. KARLEYL
Mehnat odamni yuksaklikka ko‘taradi.
V. G. BELINSKIY
Odamni hech narsa mehnatchaliik yuksaqlikka ko‘tarmaydi. Odam mehnatsiz o‘z insoniy qadr-qimmatini saqlay olmaydi
L. N. TOLSTOY
O‘ziga xoslik va o‘z qadrini bilish faqat mehnat va kurash bilan qo‘lga kiritiladi.
F. M. DOSTOEVSKIY
Mehnat insonda ijodiy kuch uyg‘otadi.
A. N. TOLSTOY
Shunday sharoitda yashash kerakki, mehnat zaruratga aylansin. Mehnatsiz sof va quvnoq hayot bo‘lishi mumkin emas.
A. P. ChEXOV
Inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar, mehnat qilishi, terga botib ishlashi kerak, uning yashashdan maqsadi, baxti va hayajonlari ham ayni shu mehnatda mujassamlashgan.
A. P. ChEXOV
Butun irodani ishga solib mehnat qilish kerakki, irodamiz xuddi minaga o‘xshab portlasinu to‘siqlarni uloqtirib tashlasin.
J. FABR
Ishlamoq, ishlamoq va doimo ishlamoq kerak. Aks holda, tiriklikdayoq mog‘or bosib qolasan.
G. GAUPTMAN
Yashamoq ishlamoq demakdir. Mehnat — kishining hayoti.
F. VOLTER
Inson mehnat qilayotgan vaqtdagina tom ma’noda insonga aylanadi.
J. GYuYO
O‘zingni boshqalar uchun mehnatda kamol toptir — asosiy qonun mana shu.
Ya. RAYNIS
Toki seni ish zo‘rlamasdan butun ishingni o‘zing zo‘rla.
B. FRANKLIN
Ish bizni uch xil illatdan: zerikish, qusur, muhtojlikdan halos etadi.
F. VOLTER
Esam arpa nonini mehnat bilan, Shirindir birovlarning oq nonidan.
SA’DIY
Hayot kemasi mehnat langariga suyanmasa, hamma shamollaru dovullarga dosh berolmaydi.
STENDAL
Odamlar uchun haqiqiy xazina — mehnat qila bilishdir. Kunda mehnat qilib o‘rganganlar nogiron va qari bo‘lsalar ham kuchli va ko‘nikmasi yo‘q o‘spirinlarga qaraganda ishni oson bajaradilar.
GIPPOKRAT
Mehnat ishlayotgan kishi bilan shu mehnat foyda keltirayotgan jamiyat o‘rtasidagi eng mustahkam va ishonchli aloqadir.
D. I. PISAREV
Insoniyat farovonligi yo‘lida mehnat qilish qanchalar buyuk ishdir!
A. SEN-SIMON
Mehnat hayot qonuni ekanini bolaligidanoq bilib olgan, non peshona teri bilan undirilishini yoshligidanoq tushungan odam jasorat ko‘rsatishga qodirdir, chunki zarur kun va soatda u jasorat ko‘rsatishga o‘zida iroda ham va bunga kuch ham topa oladi.
JYuL VERN
Jamiyat va o‘zi uchun befoyda bo‘lishdan hamda aqlu idrokni hech qanday ish qilmaslikka sarflashdan ham ortiqroq uyatli narsa, yo‘q.
B. PASKAL
Mehnat kishini yerga urmaydi;afsuski, ba’zan mehnatni yerga uradigan odamlar uchrab turadi.
U. GRANT
Qilayotgan ishing toza bo‘lmasa ham undan uyalma, faqat bir narsadan: bekorchi hayotdan uyalish mumkin va uyalish lozim.
L. N. TOLSTOY
Hatto eng nozik jismoniy yoki axloqiy fazilatlar ham ishlab chiqarishda qatnashmay turib tekintomoqlik qilishdek ijtimoiy gunohni yuvishga ojizlik qiladi.
B. ShOU
O‘zini mehnatdan ozod qilish — jinoyat.
L. N. TOLSTOY
Ishyoqmas va tekinxo‘r odamlar asalari qutisidagi zahmatkash ari yiqqan asalni yeb qo‘yuvchi tekintomoq ariga o‘xshaydilar.
M. SERVANTES
Tekinxo‘rlarni yo‘q qilish va mehnatni ulug‘lash tarixning doimiy tendentsiyasi bo‘lib kelgan.
A. N. DOBROLYuBOV
Yuvindixo‘rlar, parazitlar, xushomadgo‘ylarga xalq aql-zakovatiga zid bo‘lgan istisno tariqasida qarovchi qadimgi Afina singari mamlakat, ularni telbalik deb qarovchi mamlakat— bunday mamlakat erkin va mustaqil mamlakatdir.
K. MARKS
Kelajak bundan buyon ikki xil toifa kishilar: aqliy va jismoniy mehnat kishisi qo‘lidadir.Aslida ular bir butunlikni tashkil etadi, zero fikrlash mehnat qilish demakdir.
V. GYuGO
Har qadamda ishdan o‘zini olib qochishga urinuvchi, boshqalar mehnatiga tomoshabin bo‘lib turuvchi, ular mehnatining mevalaridan foydalanuvchi odam jamiyatdagi eng axloqsiz odamdir.
A. S. MAKARENKO
Mehnatni xalq qadrlar, muqaddas u, do‘stlar, bas,
Usiz bizning umrda muhabbat yo‘q, baho yo‘q.
Qayda mehnat bo‘lmasa u yerda bog‘ gullamas,
Qayda ishga mehr yo‘q, u yerda hech vaqo yo‘q.
S. N. SERGEEV-SENSKIY
ziyouz.uz