Kasallik, davolanish va shifokor odobi haqida
Ming xil kasallik bor, ammo sog‘lik bittaginadir.
L. BERNE
Dardning sonsanog‘i yo‘q.
KATTA PLINIY
Eng yomon dard o‘ldiruvchi dard emas, balki davosi yo‘q darddir.
M. EBNER-EShENBAX
Kasallik — barvaqt qarishning o‘ziga xos ko‘rinishi.
A. POP
Salomatligini ehtiyot qilib yurgan odam o‘ziga nima foydaligini har qanday shifokordan ko‘ra yaxshiroq biladi.
SUQROT
Uzoq betob yotgan odam tabibdan ko‘ra ham bilimdonroq bo‘lib qoladi va o‘z dardiga shu darajada tushunib yetadiki, hatto tajribali tabiblarga ham bu layoqat kamdan-kam nasib etadi.
O. BALZAK
Biz haqiqiy kasalliklardan tashqari ko‘pdan-ko‘p tasavvurdagi kasalliklarga ham giriftor bo‘lamiz.
J. SVIFT
Agar odam o‘z tanasi yoki ruhiy holatini tadqiq qilishga kirishsa, albatta o‘zida kasal topadi.
I. GYoTE
Dard haqida umuman o‘ylamaslik yoki kamroq o‘ylash kerak.
A. P. ChEXOV
Betob bo‘lganda kasallik haqida o‘ylamaslik kerak, zero odam o‘ylagan dardiga o‘ralashib qoladi. Yaxshisi, hamma narsani miyadan chiqarib tashlab, butunlay boshqa narsalar to‘grisida o‘ylagan, gailashgan yoki o‘qigan ma’qul.
N. METNER
Eng sog‘lom va chiroyli, qaddi-qomati kelishgan odamlar hech narsadan asabiylashmaydigan odamlardir.
G. LIXTENBERG
Xushchaqchaqlik sog‘lomlik belgisigina emas, balki kasallikdan xalos qiluvchi eng samarador vosita hamdir.
S. SMAYLS
Xushchaqchaq odamlar tez tuzalishadi, har qanday kasallik naytida ham xursand kayfiyat joiz.
X. BOSTREM
Xursandchilik kishining hayotga muhabbatini oshirib, tanasini chiniqtiradi.
I. P. PAVLOV
Sog‘ tanda soglom aql bo‘lishiga intilish zarur.
YuVENAL
Asab sistemasini mustahkamlaydigan hamma narsa umrni uzaytiradi, aksincha, uni susaytiruvchi narsalar umrni qisqartiradi.
P. MANTEGASSO
Jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lishning eng muhim sharti ruhiy tetiklikdir. Ruhiy tushkunlik o‘lim bilan chatishtan. Ruhiy tetiklik organizmimizga yangidan hayot baxsh etib, modda almashuvini yaxshilaydi.
U. GODVIN
Umrni qisqartiruvchi omillar orasida qo‘rquv, qayg‘u. umidsizlik, zerikish, tushkunlik, hasad, nafrat yetakchi o‘rinni egallaydi.
K. GUFELAND
Kasallikning eng yaqin ittifoqchisi bemorning umidsizligidir.
M. GORKIY
Qochayotganimizni ko‘rgan dushman battar quturib ketganiday, dard ham qo‘rqayotganimizni sezsa, yanada beshafqat bo‘ladi. Ammo u qarshilikka duch kelishi bilan bo‘shashib qoladi. Binobarin, dardga bo‘yin egmay, u bilan olishish kerak.
I.MONTEN
Eng yomon dard o‘z dardiga bog‘lanib qolishdir.
SENEKA
Hayotini boy bermaslik tashvishi bilai yashagan odam hech qachon hayot zavqini bilmaydi.
I. KANT
Inson o‘z dardi haqida gapi-rishni yaxshi ko‘radi, ammo bu uning hayotidagi eng noxush damlardir.
A. P . ChEXOV
Ba’zilar nuqul sog‘lom bo‘lay deb tashvish chekkashshklari uchungina boshlari darddan chiqmaydi, boshqalar esa kasal bo‘lishdan qo‘rqmaganliklari tufayligina sog‘lom yurishadi.
V. O. KLYuChEVSKIY
Jazavaga tushish — kasallik emas, xarakter: bu xarakterning eng muhim belgisi o‘ziga ishonmaslikdir.
P. DYuBUA
Jazava — barcha kasalliklariing tasqarasi.
J. ShARKO
Agar inson bolaligi va o‘smirligidan boshlab tizginini asablariga berib qo‘ymagan bo‘lsa, uning asablari muloyim va itoatkor bo‘ladi.
K.D.UShINSKIY
Orani buzishgacha olib boradigan haddan ziyod asabiylik umrni qisqartiradi.
A. A. BOGOMOLETS
Sog‘ayish shartlaridan biri sog‘ayish xohishidir.
SENEKA
Iroda barcha dori-darmonlardan ko‘ra ko‘proq yordam beradi.
M. GORKIY
Sog‘ayishga ishonch — yarim sog‘ayish degan so‘z.
F. VOLTER
O‘z dardini tushunib, davolanishga shay turish shifo tonishning boshlanishidir.
M. SERVANTES
O‘zini sog‘lom deb hisoblovchi bemorni davolab bo‘lmaydi.
A. AMIEL
Tabibga dardini oshkor qilmagan odam qanday shifo tonadi?
Sh. RUSTAVELI
Shifokorlarni o‘qymishli odamlar ham tan olmasliklari mumkin, ammo tabobatni faqat joqillargina inkor etadi.
P. BUAST
Tabobat hamma san’atlar ichida eng olijanob san’atdir.
GIPPOKRAT
Doktorning mehnati chindan ham eng unumli mehnatdir: u sog‘liqni saqlash yoki qayta tiklash orqali jamiyatga yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan barcha kuchlarni in’om etadi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Vrachlik kasbi — jasorat, bu kasb fidoyilikni, qalb va fikr sofligini talab qiladi.
A. P. ChEXOV
Aftidan, vrachlarning butun mo‘jizalari ularning bemorga nisbatan diqqat-e’tiborlarining kuchliligidadir. Ana shu kuch tufayli shoirlar tabiatga jon baxsh etishsa, vrachlar bemorlarni oyoqqa turg‘izishadi.
M. M. PRIShVIN
O‘z bemorini davolashga ki-rishgan shifokor bu ishni nazokat va ochiq chehra bilan bemorga xush keladigan tarzda amalga oshirishi kerak. Badqovoq shifokor o‘z kasbida hech qachon baraka topmaydi.
M. MONTEN
Faqat tetik odamgina vrach bo‘lishi mumkin.
P. DOBUA
Chalasavod vrachlar odatda sershubha bo‘lishadi.
E. FEYXTERSLEBEN
Vrachning ochiq chehrasi bemorning sog‘aya boshlashi demakdir.
F. ROXAS
Suhbatidan keyin bemor yengil tortmagan vrach vrach emas.
V.I. BEXTEREV
Umr qisqa, san’at yo‘li olis, qulay fursat o‘tkinchi, tajriba aldamchi, mulohaza bildirish og‘ir. Binobarin, faqat tabibning o‘zigina barcha zarur narsalardai foydalanib qolmasdan, balki bemor ham, tevarak-atrofdagilar ham va tashqi muhit ham tabibga uning faoliyatida ko‘makdosh bo‘lmog‘i lozim.
GIPPOKRAT
Dori-darmon dardga qaraganda sekinroq ta’sir qiladi.
TASIT
Ruh bilan tanning bir-biriga o‘zaro ta’siridan habardor bo‘lganim uchun tanaga shifo bo‘ladigan ruhiy malhamlar mavjudligini aytib o‘tmoqni burchim, deb hisoblayman.
M. Ya. MUDROV
Ruhni davolamay turib, tanani davolab bo‘lmaydi.
SUQROT
Psixoterapiyasiz etik yamash yoki o‘simliklarni payvand qilish mumkin, ammo inson organizmiday ta’sirchan narsani davolab bo‘lmaydi.
E. SIGEN
Vrachning bir og‘izgina tasallisi bemorga naqadar shifobaxsh ta’sir ko‘rsatishini va aksincha, ishontirishning nechog‘li qudratga ega ekanligini bilmaydigan yoki bilishni istamaydigan vrachnipg sovuq va ayovsiz hukmi bemorni ba’zan ajal domiga olib borib qo‘yishini hamma biladi.
V. M. BEXTEREV
ziyouz.uz