Okuvit foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Okuvit foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Okuvit.

Farmakologik guruhi🔥

Ko’rish faoliyatini yaxshilash uchun qo’llaniladigan metabolik vosita.

Tarkibi🔥

Taurin, kversetin, glyutation, rux glitsinati, lyutein, beta-karorin, zeaksantin, mis glitsinati, A vitamini, xrom glitsinati, selen xelati, chernika mevalari ekatrakti.

Qo’llanilishi🔥

➡️ kontakt linzalar uzoq muddat taqish, kompyuterda ishlash hamda o’qish vaqtida og’riq va toliqish
➡️ g’ira- shira paytda ko’rishni buzilishi
➡️ to’r pardani distrofik shikastlanishlari
➡️ shabko’rlik
➡️ vitaminlar va mikroelementlar qo’shimcha manbai sifatida qo’llaniladi.

Dozalari🔥

12 yoshdan kattalarga 1 tabletkadan kuniga 1 mahal ovqat vaqtida qabul qilinadi. Davolash kursi 2-3 oy.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar🔥

-12 yoshdan kichik bolalarda
-homiladorlik va emizish davrida
-preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik bo’lganda qo’llash tavsiya qilinmaydi.

Retseptsiz beriladi.

Dori shakli🔥

Tabletka