Tonzilgon N foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
🔥Dori shakli.
Tabletka
Yoki
Ichga qabul qilish uchun tomchilar
🔥Tarifi.
Ichga qabul qilish uchun tomchilar : Tiniq yoki biroz xira sariq — jigarrang rangli o’ziga xos xidli va moychechak tamli suyuqlik. Saqlash jarayonida ozgina miqdorda cho’kmalar bo’lishi mumkin.
🔥Farmakologik guruxi.
Og’iz — xalqum kasalliklarini davolash uchun o’simliklardan olingan dori preparati.
🔥 Qo’llanilishi.
🔥Yuqori nafas yo’llarining o’tkir va surunkali kasalliklari tonzillit,faringit,laringit.
🔥Respirator virusli infeksiyalardagi asoratlarning profilaktikasi va bakterial infeksiyalarda antibiotiklar bilan qo’shimcha sifatida .
🔥Qo’llash usuli va do’zalari.
⏭ Kasallikni rivojlanishining o’tkir davrida
👉 Kattalar va 12 yoshdan oshgan o’smirlar 25 tomchi kuniga 5 -6 marta qabul qiladilar.
👉 Maktab yoshidagi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar 15 tomichidan kuniga 5 — 6 martda qabul qiladilar
👉 Maktab yoshigacha bo’lgan 2 — 5 yoshli bolalar 10 — tomchi kuniga 5 — 6 marta qabul qiladilar.
👉 1 yoshdan oshgan bolalar 5- tomchi kuniga 5 — 6 marta qabul qiladilar.
🔥Kasalik yengilashganidan keyin davolashni yana 1 hafta davom ettirish kerak