TRAXISAN foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
TRAXISAN
Qo’llanilishi🔥
Stomatitlar, gingivitlar, parodontitlar, glossitlar, tonzilitlar, faringitlar kabi og’iz bo’shlig’i va tomoqning yallig’lanish va Infeksiyon kasalliklari va yutishning buzilishi bilan birga kechuvchi boshqa holatlar.
Qo’llash usuli va dozalari🔥
— Bir tabletkadan og’izda shimib har 2 soatda qabul qilinadi.
— Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza — 8 tabletka;
— 4 yoshdan 12 yoshgacha bolalar uchun — 6 ta tabletka.
_Odatda kasallikning simptomlari bir necha kundan keyin yo’qoladi ammo turg’un terapevtik samaraga erishish uchun davolash yana 2 — 3 sutka davom ettirish tavsiya qilinadi.
Qo’llash mumkin bo’lmagan xolatlar🔥
_Fruktozani o’zlashtira olmaslikda buyurish mumkin emas.
_Preparat xar qanday ingridiyentlariga ma’lum bo’lgan yuqori sezuvchanlikda buyurish mumkin emas.
_4 yoshgacha bo’lgan bolalar.
Nojo’ya Ta’sirlari🔥
_Odatda preparat yaxshi o’zlashtiriladi.
_Qisqa muddatli ta’mni buzilishlari.
_Vaqtinchallik tilning uvishishi paydo bo’lishi mumkin.
Maxsus ko’rsatmalar🔥
_4 yoshdan kichik bolalarda priparatni qo’llash tavsiya qilinmaydi, chunki priparatni so’rish kerak.
_Priparatni xomiladorlik va laktatsiya davrlarida faqat shifokor maslahatidan keyin qo’llash mumkin.
Dori shakli🔥
Tabletka