O'quvchilar o'rtasida Yosh kitobxon tanlovi o'tkazilmoqda
Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmlari Federatsiyasi bilan hamkorlikda “Yosh kitobxon” tanlovini o‘tkazmoqda!
Joriy yilning 27-oktabr kunidan 4-noyabr kunlari davomida maktablarda o‘tkaziladi!
Tanlov bir bosqichda bo‘ladi va har-bir maktabdan 1 nafar o‘quvchi g‘olib deb topiladi.
1️⃣ Bunda 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi.
2️⃣ Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan adabiyotlar ro‘yxati asosida kitoblarni o‘qing va tanlov g‘olibi bo‘ling!
3️⃣ G‘oliblar o‘qigan kitoblari bo‘yicha test va savol-javob orqali aniqlanadi!
1. G‘oliblarni maktabda tashkil etilgan Hakamlar hay’ati aniqlaydi.
2. G‘oliblar joriy yilning 11-noyabr “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”da maktab o‘quvchilari oldida tantanali ravishda taqdirlanadi!
🥇 Har bir maktabdan 1 nafar g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining maxsus sovg‘asi hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining diplomlari topshiriladi.
📂 Tanlov Nizomini shu yerdan ko‘chirib olishingiz mumkin — Yosh kitobxon tanlov nizomi
Mavzuga doir:
“Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!
Eng yaxshi kitobxon maktablar aniqlandi
Kitoblar, kitobxonlar, kitobxonlik haqida statuslar
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:13