Maktab sport zalida pullik to‘garak ochsa bo‘ladimi?
Savol: Maktab direktoriman. Yaqinda mahallamizda yashovchi sport treneri kelib, maktab sport zalida pullik boks to‘garagi ochsak bo‘ladimi deb murojaat qildi. Ochig‘i buning tartibini bilmasdim. O‘zi maktab sport zalida pullik to‘garak ochsak noqoniniy ish qilgan bo‘lib qolmaymizmi?
Javob: Ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini bemalol ochsa bo‘ladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 fevraldagi «Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tartibga solinadi.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq jismoniy tarbiya soatlaridan bo‘sh vaqtlarida sport inshootlarida trenerlar tomonidan aholiga, shu jumladan, o‘quvchi-yoshlar ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport xizmatlari pullik asosda amalga oshiriladi.
Sport inshootlarida pullik xizmatlar ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar har oyda kelgusi oyning 10-sanasidan kechikmasdan shug‘ullanuvchilar va ta’lim muassasasi rahbari bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Sport inshootlarida har bir trener tomonidan birinchi navbatda ko‘rsatilgan pullik xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lov summasining 20 foizi ta’lim muassasasi tomonidan foydalanilgan sport inshootlarining kommunal to‘lovlari xarajatlariga yo‘naltiriladi hamda mablag‘larning qolgan qismi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
👉50 foizi — sport inshootining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi;
👉50 foizi — trenerga belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantirish sifatida to‘lab beriladi.
Sport inshootlarida bir vaqtning o‘zida ikki va undan ko‘p trenerlar pullik xizmat ko‘rsatgan taqdirda sport inshootlarining kommunal to‘lovlari miqdori har bir trenerga bir xil miqdorda taqsimlanadi.
Har bir trener tomonidan ko‘rsatilgan pullik xizmat uchun to‘lovlarning tushumi va ularga to‘langan to‘lovlar bo‘yicha alohida buxgalteriya hisobini yuritilishi tegishli ta’lim muassasasining buxgalteriyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
© Ulug‘bek Po‘latovMavzuga doir:
Taklif: to‘garak mashg‘ulotlarini fan o‘qituvchisiga emas, boshqa xodimga biriktirish kerakFan o’qituvchilari haftada necha soat to’garak o’tishi kerak?5 tashabbus asosida turli to’garak ish rejalari to’plamiJoylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:32