“Yosh chegarachilar” litseylariga kirish test sinovlari vaqti ma’lum qilindi
📆 “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 18:00 da boshlanadi.
Bu haqda DTM ma’lum qilmoqda.
📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.
🔖 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatiladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:48