Internet orqali pul topishda ta’limning ahamiyati
Bugungi kunda “Internet orqali qanday qilib pul ishlab topsam bo’ladi?” degan savol haqida o’ylayotganlar juda ko’p. Saytim orqali ham, telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali ham bu savolni ko’p bor so’rashgan.
O’zim bir necha yillar avval internet orqali pul ishlash, daromadning 100% qismini shaxsiy sayt orqali olish, sayt yuritishni asosiy ish faoliyatiga aylantirish haqida chuqur o’ylab, izlanganimda bir haqiqat asosida o’zim uchun xulosa yasaganman. “O’zingning hamma narsadan ham ko’ra ko’proq yoqtiradigan ishni aniqlab ol va shu ishni boshqa hammaga nisbatan yaxshiroq bajarishni o’rgan”, degan gap nafaqat internet orqali pul ishlab topish sohasidagi qarashlarimni ijobiy tomonga o’zgartirib yuborgan, balki hozirga qadar ham har bir kasbiy qarorimda yodimda saqlanadi.
O’zingizni qiziqtirgan, o’zingiz yoqtirgan mashg’ulotni aniqlab olish qiyin emas, ammo shu mashg’ulotning asosini tashkil qiluvchi ishni hammaga nisbatan yaxshiroq bajarishni o’rganish ancha mushkul vazifa hisoblanadi. Agar bu fikrni faqat internetda pul ishlab topish sohasi bo’yicha tahlil qilsak, bizdan talab etiladigan “ishni boshqalarga nisbatan yaxshiroq bajarishni o’rganish” vazifasi ancha osonlashadi (ayniqsa bugungi kundagi O’zbekiston holatida). Hozirgi vaqtda yurtimizda internet orqali pul ishlash, online biznes sohalari endigina rivojlanayapti – raqobat ancha kuchsiz, talab juda katta. Xorijga nisbatan o’zimizda bu sohani o’rganib, muvaffaqiyatga erishaman, degan kishi kuchi va qobiliyatining to’rtdan bir qismini sarflasa ham yaxshigina natija ega bo’lishi mumkin.
Internet orqali pul ishlab topishga ta’limning qanday aloqasi bor? Boshlang’ich va o’rta ta’lim kishining teran fikrlash va intellektual yaratuvchanlik qobiliyatlarini ochishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limda oqsagan kishi intellektual yaratuvchanlikda ancha past natija ko’rsatishi mumkin. Bu esa internet orqali pul ishlab topishning 95% qismidan bebahra qolishni anglatadi. Shunday ekan, internet orqali ishlash, online biznesga asos solish va uni muvaffaqiyatli boshqarish haqida o’ylayotgan yoshlarga birinchi navbatda ta’limlarini mustahkamlashni tavsiya etish kerak. Ular ko’proq o’qishlari, o’rta ta’lim bosqichidagi bilimlarni puxta o’zlashtirishlari juda zarur. Boshqa barcha sohalarda bo’lgani kabi internet orqali pul ishlab topish sohasida ham ta’limsiz uzoqqa borib bo’lmaydi.
Internet orqali pul ishlab topmoqchimisiz? O’zingiz juda qiziqqan bitta sohani tanlab oling. Hozirgi vaqtda har qanday oddiy, kichik, arzimas bo’lib ko’ringan yo’nalishda ham internet orqali millionlab dollar ishlab olish mumkin. Aytaylik, Siz ishlab chiqarishga qiziqasiz va qog’oz ishlab chiqarish haqida sayt ochishni xohlaysiz. Bir qarashda qog’ozning ishlab chiqarilishi haqidagi sayt ko’pchilikka qiziq emasdek tuyulishi mumkin. Bunaqa saytdan pul ishlab topish mumkin emas, deb o’ylashingiz ham mumkin. Ammo qog’ozning ishlab chiqarilishi sohasini boshqalarga nisbatan yaxshiroq o’rgansangiz, uni boshqalarga nisbatan yaxshiroq yoritib bera olsangiz, saytingizda boshqa saytlarga nisbatan qog’oz ishlab chiqarish to’g’risida aniqroq, yaxshiroq ma’lumotlar yig’ilsa, qog’oz tijorati bilan shug’ullanuvchi kishilar Sizning saytingizga qiziqib qolishadi. Saytingizda qog’oz mahsulotlarinini tavsiya qiluvchi PR maqolalar yozishga buyurtma olasiz, qog’oz mahsulotlari reklamalarini joylashtirishga buyurtma qabul qilasiz, qog’oz ishlab chiqarish uskunalari savdosini ham yo’lga qo’yib yuborishingiz ham hech gap emas.
Boshqa har qanday qiziqishda ham huddi shunday. Siz menga boshqalar uchun arzimas tuyulgan har qanday qiziqishingizni ayting, men Sizga shu yo’nalishdagi sayt orqali qanday qilib daromad ko’rishni aytaman. Agar yaxshiroq o’ylab qarasak, har qanday mavzudagi har qanday sayt orqali ham daromad ko’rish mumkin. Xojatxonaga borib ishini qilishga o’rgatilgan mushuklar haqidagi sayt yodingizdami? Pul ishlab topishda mavzuga hech qanday cheklov yo’qligiga ishonishingiz mumkin.
Xulosa o’rnida internet orqali pul ishlab topish sohasiga biror aniq yo’nalishda mukammal bilimga ega bo’lmay turib kirish foydasiz ekanligini bildirmoqchiman. O’zingiz qiziqqan sohani tanlashingiz bilan bu yo’nalishdagi vazifangizni boshqalarga nisbatan superyaxshiroq(!!!) bajarishni o’rganing. Bunda Sizga albatta yaxshi o’zlashtirilgan boshlang’ich va o’rga ta’limingiz yordam beradi.
Siz maktab yoki litsey/kollej yoshidamisiz? Kelajagingizni hozirdan qurishni boshlang – ustozlaringiz tomonidan o’rgatilayotgan fanlarni boshqalarga nisbatan yaxshiroq o’zlashtirishga harakat qiling. Ishoning, vaqti kelib bilim olishga sarflagan vaqtingizga hech ham achinmaysiz. Aksincha, o’rganganlaringizdan, ilm olishga sarflangan vaqtingizdan xursand bo’lasiz!
Internet orqali pul topishni yaxshi ta’lim olishdan boshlash kerak.
Несколько лет назад, когда я глубоко задумался о заработке в Интернете, получении 100% своего дохода через личный сайт и превращении управления сайтом в основной бизнес, я пришел к выводу, основанному на факте. Поговорка «Найдите работу, которая вам нравится больше всего, и научитесь делать ее лучше, чем кто-либо другой» не только изменила мой взгляд на заработок в Интернете, но и до сих пор будет помниться при каждом профессиональном решении.
Найти занятие, которое вас интересует, нетрудно, но научиться делать работу, которая лежит в основе этого занятия, лучше, чем кто-либо другой, может оказаться непростой задачей. Если проанализировать эту идею только в сфере заработка в Интернете, то задача «научиться делать лучше других» значительно упрощается (особенно в сегодняшнем Узбекистане). В настоящее время в нашей стране онлайн-заработок и онлайн-бизнес только развиваются – конкуренция очень слабая, спрос очень высокий. В случае с иностранцем человек, претендующий на успех в своей области обучения, может добиться хороших результатов, даже если потратит четверть своих сил и способностей.
Какое отношение образование имеет к заработку в Интернете? Начальное и среднее образование играет важную роль в раскрытии глубокого мышления и интеллектуального творчества. Человек с ограниченными возможностями обучения может демонстрировать более низкие интеллектуальные способности. Это означает, что вы теряете 95% денег, которые вы зарабатываете в Интернете. Поэтому молодых людей, которые думают о работе в Интернете, о создании онлайн-бизнеса и его успешном ведении, следует в первую очередь поощрять к повышению уровня своего образования. Им нужно больше учиться и осваивать знания среднего образования. Как и в любой другой сфере, до заработка в интернете далеко без образования.
Хотите Заработать В Интернете? Выберите одну область, которая вам наиболее интересна. Сегодня миллионы долларов можно заработать в Интернете в любой, казалось бы, тривиальной, тривиальной области. Допустим, вы заинтересованы в производстве и хотите создать веб-сайт о производстве бумаги. На первый взгляд, сайт о производстве бумаги многим может показаться не интересным. Можно подумать, что на таком сайте нельзя заработать. Но если вы изучите бумажную промышленность лучше, чем кто-либо другой,если вы можете освещать это лучше, чем другие, и ваш сайт собирает более точную и качественную информацию о производстве бумаги, чем другие сайты, люди, занимающиеся бумажным бизнесом, будут интересоваться вашим сайтом. Вы получаете заказы на написание PR-статей с рекомендацией бумажной продукции на своем сайте, получаете заказы на размещение рекламы бумажной продукции, а также можете начать продавать оборудование для производства бумаги.
То же самое относится и к любому другому интересу. Назовите мне любые интересы, которые кажутся другим незначительными, и я расскажу, как заработать через сайт в этом направлении. Если мы подумаем об этом лучше, мы можем зарабатывать деньги через любой сайт на любую тему. Вы помните сайт о кошках, которые ходили в туалет и были обучены выполнять свою работу? Вы можете быть уверены, что нет никаких ограничений по теме, когда речь идет о заработке.
В заключение хотелось бы сказать, что бесполезно входить в сферу заработка в интернете без досконального знания какой-либо конкретной области. Научитесь делать свою работу лучше (!!!) других, выбрав интересующую вас сферу деятельности. Полноценное начальное и среднее образование вам в этом обязательно поможет.
Вы школьного или старшего школьного/колледжного возраста? Начните строить свое будущее прямо сейчас — постарайтесь лучше других освоить предметы, которые преподают ваши учителя. Поверьте мне, когда придет время, вы никогда не пожалеете о времени, потраченном на обучение. Вместо этого направьте свои мысли на хорошие вещи в жизни, например, на обучение чтению и письму.
Заработок в Интернете должен начинаться с получения хорошего образования.
Источник: Азамат.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:52:28
Yoshlar yetakchisi sinf rahbari bo'lishi mumkinmi? Yoshlar yetakchisi sinf rahbari bo'lishi mumkinmi?
Sevgi izhorlari, dil izhorlari –qizlar va yigitlar uchun Sevgi izhorlari, dil izhorlari –qizlar va yigitlar uchun
Kirill va lotin yozuvlari haqida 5 fakt Kirill va lotin yozuvlari haqida 5 fakt
Госкомиссия по приему в ВОУ определила, сколько и какие экзамены будут сдавать абитуриенты Госкомиссия по приему в ВОУ определила, сколько и какие экзамены будут сдавать абитуриенты
2021-2022 tarix fanidan variativ ish rejalar to'plami 2021-2022 tarix fanidan variativ ish rejalar to'plami
Abituriyentlar uchun onlayn repetitor TV darslar namoyishi boshlandi Abituriyentlar uchun onlayn repetitor TV darslar namoyishi boshlandi
Jismoniy tarbiya fanidan 2021-2022 ish rejalar to'plami 1-11-sinf Jismoniy tarbiya fanidan 2021-2022 ish rejalar to'plami 1-11-sinf
Qanday hollarda attestatsiyadan chetlashtirish mumkin? Qanday hollarda attestatsiyadan chetlashtirish mumkin?
Chet tillarini oʻqitish boʻyicha Milliy oʻquv dasturida qanday o'zgarishlar bo'ldi? Chet tillarini oʻqitish boʻyicha Milliy oʻquv dasturida qanday o'zgarishlar bo'ldi?
Ko'ngilga sayr (ilk she'riy to'plamim) Ko'ngilga sayr (ilk she'riy to'plamim)
Qanday qilib noutbuk ekranini o'chirib qo'yish Qanday qilib noutbuk ekranini o'chirib qo'yish
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi
Время воздействия вакцины Sputnik V. Как много времени это займет? Время воздействия вакцины Sputnik V. Как много времени это займет?
Ta'til paytida bilim olish uchun mavjud imkoniyatlar Ta'til paytida bilim olish uchun mavjud imkoniyatlar
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari o‘tkaziladigan kunlar ma’lum bo‘ldi Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari o‘tkaziladigan kunlar ma’lum bo‘ldi
Huquq fanidan 2020-2021 yillik ish rejalar to’plami Huquq fanidan 2020-2021 yillik ish rejalar to’plami
Bu yil darsliklarning ijara to’lov narxlarida qanday o’zgarishlar bor? Bu yil darsliklarning ijara to’lov narxlarida qanday o’zgarishlar bor?
Navoiy sotib olgan bir bayt Navoiy sotib olgan bir bayt
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qaysi fanlardan dars bera oladi? boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qaysi fanlardan dars bera oladi?
Eng kam ish haqi qachon qancha bo’lgan? – to’liq jadval Eng kam ish haqi qachon qancha bo’lgan? – to’liq jadval