Maktablarda darsliklar qancha muddatda yangilanadi?
Umumta’lim maktablarida darsliklar sinflar kesimida quyidagi muddatlarda yangilanadi:
1-sinflar uchun Alifbe darsligi hamda 1–4-sinflar uchun o‘quvchilarning mashq daftarlari – har yili;
1-sinflarning qolgan darsliklari – ikki yilda bir marta;
2–4-sinflar uchun darsliklar – uch yilda bir marta;
5–11-sinflar uchun darsliklar – besh yilda bir marta yangilanadi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:46