2022-yil tillar kesimida qabul parametrlari tasdiqlandi
⚡️ Qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.
👨🏻💻 2022-2023-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining
my.dtm.uz saytiga
joylashtirildi.
✅ Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.
📆 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:13