⚠️ Firibgarlik – bu o‘zganing mulkini yoki mulkga bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga
kiritishdir.
🔰 Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:
▫️BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (15 mln so‘mdan 30 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
📌 Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi og‘irlashishi mumkin.
🔰 Firibgarlik kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:
▫️BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (30 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
🔰 Firibgarlik xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:
▫️ BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (90 mln so‘mdan 120 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
🔰 Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa:
▫️BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 mln so‘mdan 180 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
❗️Еtkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:10:07