"Eng yaxshi maqola" tanlovi g‘oliblari aniqlandi
🌐 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Eng yaxshi maqola» tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
📍 Tanlovda 121 nafar ijodkor o‘z maqolalari ishtirok etishdi.
⚖️ Ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan baholandi:
1 o‘rin — Iroda Nasimova, O‘zJOKU tachnch doktoranti
2 o‘rin — Azatbayeva Aynura To‘rebay qizi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi
3 o‘rin — Oydin Ibrohimova, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi axborot xizmati xodimi.
🏅 Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1 o‘rin — 1-darajali diplom va noutbuk;
2 o‘rin — 2-darajali diplom va planshet;
3 o‘rin — 3-darajali diplom va mobil telefon.
🏆 G‘oliblar bugun soat 19:00 da “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida, Nukus shahri va viloyatlar markazida bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimlarda taqdirlanadi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:34