magistr.edu.uz Magistratura qabul natijalari 2022 e'lon qilinmoqda
🔰 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
✔️Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil qildi.
Shundan:
➡️ xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;
637 ta talabgor esa tanlovda ishtirok etmasdan imtiyozga ega bo‘lganlar. Bular:
➡️ davlat stipendiantlari — 296 ta;
➡️ kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;
➡️ kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 ta;
➡️ ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 ta.
☝️Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:10:08