GʻOʻZA UZUNTUMSHUQ QOʻNGʻIZI

GʻOʻZA UZUNTUMSHUQ QOʻNGʻIZI, meksika gʻoʻza uzunburuni (Apgpopotsh §gapsN$ Vop.) — qattiq-qanotli (qoʻngʻiz) lar turkumiga man-sub hasharot. AQSH va Markaziy Ame-rikada tarqalgan. Tanasining uz. 5,0 — 5,5 mm, yosh qoʻngʻizlar sargʻish-qoʻngʻirdan toʻq jigarranggacha, yoshi kattalari esa asosan, qora tusda. Xartumchasi ingichka, yaltiroq, uzun (uzunligi tanasining yarmigacha), tuxumi, lichinkasi, gʻumbagi oq. Gʻoʻzaning xavfli zararkunandasi. Oʻzbekistonda karantin obyekti hisoblanadi.

Kurash choralari: karantin.