GʻAZALKENT

GʻAZALKENT — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumaniaagi shahar (1964-y. dan), tuman markazi. T. y. stansiyasi. Chirchiq daryosining chap sohilida, Toshkent sh. dan 58 km shim.-sharqda, Oqsoqota soyining Chirchiq daryosiga quyilish joyida, oʻrtacha 700 m balandlikda, seysmik zonada joylashgan (8—9 ball). Aholisi 20,7 ming kishi (2004). Gʻazalkent toponimi prof. H. Hasanovning fikricha, gʻizol (ohu) soʻzidan tarkib topgan. Shahar 1932-y. da Chir-chiq GES lar kaskadi bosh inshooti quruvchilarining shaharchasi sifatida bunyod etilgan. Gʻazalkentda qandolatchilik f-kasi, meva-konserva, meva sharbati va h. k. ishlab chiqaruvchi «Gʻazalkent» oziqovqat korxonasi, vino k-ti, sut-yogʻ, oynashisha z-dlari, yoʻl-qurilish va sozlash korxonalari, metallsozlik, qurilish materiallari, toshga ishlov berish k-tlari, avtokorxona, dehqon bozori bor. «Konmit» va «Konvin» qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kolleji, akademik litsey, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, «Yoshlar markazi», stadion va b. sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻ-ruqxona, poliklinika, sil kasalliklari dispanseri va b. tibbiy muassa-salar, bolalar va kattalar sanatoriylari, dam olish uylari aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻazalkentdan Toshkent, Chirchiq sh. lariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Toshkent — Chorvoq elektrlashtirilgan t. y. shahar yonidan oʻtadi.